Komil Allamjonovga suiqasd qilgan shaxs qamoqxonada vafot etdi

28.02.2026 | 14:351 дақиқа

Allamjonovga qilingan suiqasd ishi bo‘yicha 23 yilga hukm etilgan mahkum izolyatorda o‘lik holda topilgan.

Komil Allamjonovga suiqasd qilgan shaxs qamoqxonada vafot etdi © Фото: Telegram / Комил Алламжонов

2025 yil 12-fevral kuni Prezident Administratsiyasining sobiq xodimi Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirganlikda ayblanib, 23 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Ismoil Jahongirov jazoni ijro etish muassasasida vafot etdi. Bu haqda marhumning yaqinlariga tayanib, «Ozodlik» nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 26-fevral kuni sodir bo‘lgan. Jahongirov izolyatorda kiyimidan foydalangan holda o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Hozircha Ichki ishlar ham Bosh Prokuratura ham ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Allamjonovga suiqasd 26-oktabr kuni tungi soat 01:40 larda Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir etilgan edi. Fuqaro S.S. boshqaruvidagi «Range Rover» avtomashinasiga noma’lum shaxslar tomonidan bir necha bor o‘q uzilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovga bir nechta huquqni muhofaza qiluvchi idoralar jalb etilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид