Logo

Korxonalar soni yarim milliondan oshdi : so‘ngi 3 oy natijalari nimani ko‘rsatmoqda?

Бугун 17:102 дақиқа

O‘zbekistonda 2026-yilning may holatiga ko‘ra, korxona va tashkilotlar soni yarim milliondan oshdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi.

Korxonalar soni yarim milliondan oshdi : so‘ngi 3 oy natijalari nimani ko‘rsatmoqda? © Foto: Наманган вилоят ҳокимлиги

Milliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyun holatiga mamlakatda 586,2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,5 mingtaga yoki 6,8 foizga ko‘paygan. Bu esa iqtisodiy faollik va tadbirkorlik subyektlari sonining o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Eng ko‘p korxonalar poytaxtda joylashgan

Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahri ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Umumiy hisobda poytaxtda 111 ming 867 ta korxona va tashkilotlar joylashgan. Bu respublika bo‘yicha jami korxona va tashkilotlarning qariyb beshdan bir qismiga teng.

rasm

Toshkent (55 ming 401 ta ), Samarqand (54 ming 098 ta ), Farg‘ona (49 ming 851 ta ) viloyatlari korxonalar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni egallagan. Ushbu hududlar iqtisodiy faollikning yuqori va biznes infratuzilmasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 45 ming 186 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Andijon va Buxoro viloyatlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 35 ming 920 ta va 35 ming 476 tani tashkil etgan.

Ro‘yxatning quyi qismidan esa Sirdaryo viloyati o‘rin olgan. Hududda jami 16 ming 617 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent bilan solishtirganda esa korxonalar soni ushbu ko‘rsatkich Sirdaryodagidan 7 barobarga ko‘p. Bu holat Sirdaryo aholi soni hamda ichki bozor hajmining nisbatan kamligi bilan izohlanadi.

 3 oyda hududlarda qancha korxona ochildi?

 

Hudud

Mart

Aprel

May

Toshkent shahri

109 781

110 815

111 867

Toshkent viloyati

54 542

54 874

55 401

Samarqand viloyati

53 457

53 724

54 098

Farg‘ona viloyati

49 303

49 410

49 851

Qashqadaryo viloyati

44 221

44 492

45 186

Andijon viloyati

35 524

35 605

35 920

Buxoro viloyati

35 098

35 223

35 476

Namangan viloyati

33 796

34 035

34 308

Xorazm viloyati

32 512

32 895

33 137

Surxondaryo viloyati

32 030

32 320

32 632

Qoraqalpog‘iston R.

29 471

29 682

29 951

Jizzax viloyati

26 741

26 916

27 210

Navoiy viloyati

24 208

24 351

24 526

Sirdaryo viloyati

16 522

16 509

16 617

 

Mart-maygacha bo‘lgan davrda Ozbekistonda korxona va tashkilotlar soni o‘sishda davom etdi. Eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, 3 oy davomida 2 ming 086 taga ko‘paydi. Toshkent viloyatida 859 ta, Samarqandda 641 ta va Qashqadaryoda 965 ta yangi korxona ishga tushirilgan.

Pasayish holati esa faqat Sirdaryo viloyatida kuzatildi. Xususan, aprelda mart oyiga nisbatan korxonalar 13 taga kamaygan, biroq may oyida 108 taga oshdi. 3 oy davomida jami 9 mingta yangi korxona va tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Umuman olganda, O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni barqaror o‘sib bormoqda. 3 oy davomida yangi korxonalar soni ortib, biznes faolligi kengaygani kuzatildi. Korxonalar asosan Toshkent shahrida ko‘payib, u yetakchiligini saqlab qolmoqda. Ayrim hududlarda sezilarli tebranishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy manzara ijobiy holatda.

Теглар

Мавзуга оид