Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon?

Бугун 11:552 дақиқа

Markaziy bank 2026-yil 6-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon?

Markaziy bank 2026-yil aprel oyining birinchi haftasi bo‘yicha tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar foiz stavkalari yuzasidan yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,5 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 22,7 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan haftaga nisbatan deyarli barqaror saqlangan. Avvalgi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,2 foiz, avtokreditlar bo‘yicha esa 22,8 foiz darajasida qayd etilgan edi.

Mikrokreditlar

Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 22,0 foiz bilan «Aloqabank»da saqlanib qoldi. Shuningdek, «Milliy bank» 24,2 foiz, «Infinbank» 24,3 foiz va «Trastbank» 24,7 foiz bilan nisbatan maqbul takliflar qatorida qolmoqda.

1

O‘rta segmentda stavkalar 25–27 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25,1 foiz, «OFB» 25,9 foiz, «Mikrokreditbank» 26,6 foiz, «Kapitalbank» 26,7 foiz va «Asakabank» 26,8 foizdan kredit taqdim etmoqda. «Agrobank», «Asia Alliance bank» va «SQB»da ham stavkalar 27 foiz atrofida.

Yuqori segmentda esa farq ancha katta. «TBC bank» va «Ipak Yo‘li banki»da 34,9 foiz, «Ipotekabank»da 34,8 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz, «Anorbank»da 41,6 foiz va «Tengebank»da 42,6 foizlik yuqori stavkalar qayd etildi.

Avtokreditlar

Avtokreditlar bozorida eng past stavka 16,3 foiz bilan «Infinbank»da kuzatildi. Shuningdek, «Ipotekabank» 16,9 foiz, «BRB» 17,1 foiz va «Davrbank» 18,2 foiz bilan raqobatbardosh takliflar bermoqda.

2

O‘rta segmentda stavkalar 23–25 foiz oralig‘ida shakllangan. Xususan, «Aloqabank» va «Ipak Yo‘li banki» 23,5 foiz, «Xalq banki» 23,7 foiz, «Agrobank» 24,3 foiz, «Asakabank» 24,6 foiz va «Mikrokreditbank» 24,9 foiz stavka bilan kredit ajratmoqda.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foizdan yuqori darajada saqlanmoqda. «Turonb bank» 25,0 foiz, «Trastbank» 25,6 foiz, «Ziraatbank» 27,0 foiz va «Madad Invest bank» 27,9 foiz stavka bilan avtokredit taklif qilmoqda.

Umuman olganda, yangi haftada kredit stavkalarida keskin o‘zgarish kuzatilmadi, ammo kredit stavkalari bo‘yicha eng yuqori va eng past segmentda sezilarli darajada farq saqlanib qolmoqda.

Теглар

Мавзуга оид