Messi va Keyn dueli: Angliya va Argentina yarim finalda to‘qnash kelmoqda
Diyego Maradonaning 1986-yilda urgan bahsli golidan 1998-yili Devid Bekxemning Diyego Simeoneni tepgani uchun olgan qizil kartochkasigacha — bu ikki jamoaning Jahon chempionatlaridagi to‘qnashuvlari hech qachon dramatik voqealarsiz o‘tmagan.
© Foto: goal.com2026-yilgi Jahon chempionatining ikkinchi yarim finalida amaldagi chempion Argentina Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu bilan futbol tarixidagi eng murosasiz va keskin qarama-qarshiliklardan biri yana maydonda jonlanadi.
Ushbu ikki jamoa 24 yillik tanaffusdan so‘ng sport olamining eng yirik musobaqasida yana ro‘baro‘ kelar ekan, ularning o‘zaro tarixida yangi sahifa ochiladi.
Mazkur bahs argentinalik afsona Lionel Messi uchun Xarri Keyn va Jud Bellingem kabi o‘z yetakchilariga ega Angliya terma jamoasiga qarshi dastlabki o‘yin bo‘ladi.
Yarim final g‘olibi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘l oladi hamda jahon chempioni unvoni uchun Ispaniyaga qarshi kurash olib boradi.

Angliya va Argentina o‘rtasidagi yarim final bahsi qayerda o‘tadi?
Angliya va Argentina o‘rtasidagi uchrashuv AQSHning Jorjiya shtati, Atlanta shahridagi ko‘pchilikka «Mercedes-Benz Stadium» nomi bilan tanish bo‘lgan o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. 68 239 tomoshabinni sig‘dira oladigan mazkur stadion musobaqa davomida yettita bahsga mezbonlik qildi va bu o‘yin ularning so‘nggisi bo‘ladi.
Ochilib-yopiladigan tomi va 360 darajali halqasimon ekrani bilan ajralib turadigan mazkur stadion mundialga mezbonlik qilayotgan 16 ta shahardagi o‘yingohlar ichida eng futuristik arxitekturaga ega.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi
Ushbu terma jamoalar rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida jami 14-marta to‘qnash kelgan. O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, Angliya oltita g‘alaba bilan oldinda bormoqda, Argentina hisobida esa uchta g‘alaba bor. Yana beshta uchrashuvda durang qayd etilgan.
Argentina va Angliya o‘rtasidagi so‘nggi 5 ta o‘yin:
Angliya 3:2 Argentina (O‘rtoqlik uchrashuvi, 2005-yil)
Angliya 1:0 Argentina (JCH-2002, guruh bosqichi)
Angliya 0:0 Argentina (O‘rtoqlik uchrashuvi, 2000-yil)
Argentina 2:2 Angliya (Penaltilar seriyasida 4:3, JCH-1998, 1/8 final)
Angliya 2:2 Argentina (Chellenj Kubogi, 1991-yil)
Argentina va Angliya ilgari Jahon chempionatlarida to‘qnash kelganmi?
Ha. Angliya va Argentina FIFA Jahon chempionatlari doirasida jami besh marta o‘zaro kuch sinashgan. Bu bahslarning uchtasida inglizlar, ikkitasida esa argentinaliklar zafar quchgan.
Ularning mundiallardagi so‘nggi to‘qnashuvi 2002-yilda yuz bergan. O‘shanda guruh bosqichidagi o‘yinda Devid Bekxemning birinchi bo‘limda penaltidan kiritgan yagona goli Angliyaga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirgan edi.
Barcha o‘yinlar ro‘yxati:
· Angliya 1:0 Argentina (2002-yil)
· Argentina 2:2 Angliya (Penaltilar seriyasida 4:3, 1998-yil)
· Argentina 2:1 Angliya (1986-yil)
· Angliya 1:0 Argentina (1966-yil)
· Angliya 3:1 Argentina (1962-yil)

Совринлaр va medallar
Argentina — uch karra jahon chempioni (1978, 1986, 2022) va Janubiy Amerika qit’asining rekord darajadagi 16 karra g‘olibi hisoblanadi.
Angliya esa o‘z tarixida faqat bitta yirik sovrinni qo‘lga kiritgan: bu 1966-yilgi Jahon chempionatidagi g‘oliblikdir. Ular Yevropa chempionatida hech qachon zafar quchmagan bo‘lsa-da, ikki marta finalga qadar yetib borgan.
Argentinaning asosiy futbolchilari kimlar?
Sakkizta gol bilan «Oltin butsa»ga asosiy da’vogar bo‘lib turgan Messi, shubhasiz, Argentinaning joriy turnirdagi eng yaxshi o‘yinchisidir. 39 yoshli hujumchi 1/8 finalga qadar bo‘lgan har bir bahsda raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 21 taga yetkazib, o‘z rekordini yangiladi.
Bundan tashqari, Lautaro Martines o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Lisandro Martines va Enso Fernandes ham jamoa o‘yinida muhim rol o‘ynamoqda.
Angliyaning asosiy futbolchilari kimlar?
Hujumchi Keyn va hujumkor yarim himoyachi Bellingem Angliyaning shu kungacha erishgan muvaffaqiyatlariga birdek hissa qo‘shib, oltitadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Keyn o‘z gollarining aksariyatini guruh bosqichida kiritgan bo‘lsa, Bellingem pley-off o‘yinlarida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Har biri uchtadan golli uzatmani amalga oshirgan Entoni Gordon va Bukayo Saka ham inglizlar hujum chizig‘ining eng xavfli vakillaridan sanaladi. Shuningdek, Elliot Anderson va Mark Gehi ham jamoaga katta yordam bermoqda.

Argentina: kuchli va zaif jihatlar
«Al Jazeera» nashrining yozishicha, Argentina terma jamoasining asosiy ustunligi bo‘yi 1,70 metr bo‘lgan afsonasi — Lionel Messi bilan bog‘liq. U kutilmagan vaziyatda o‘yin taqdirini bir lahzada hal qilib ketishga qodir. Hatto 39 yoshda bo‘lishi va faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatida qatnashayotganiga qaramay, ushbu tajribali hujumchi hanuz jamoaning eng xavfli quroli bo‘lib qolmoqda.
Amaldagi chempionlar guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlagan bo‘lsa-da, pley-offdagi ishonchsiz o‘yinlari ularning chempionликни himoya qila olishini so‘roq ostida qoldirmoqda.
Jamoa 1/16 finalda musobaqa autsayderi Kabo-Verdega qarshi bahsda qo‘shimcha bo‘limlarda ўйнaшga majbur bo‘ldi. Keyingi bosqichda esa Misrga qarshi o‘yinda ikkita to‘p farqi bilan ortda borayotib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Chorak finalda Shveysariyaga qarshi kechgan bahsda ham jamoa yana 120 daqiqa maydonda ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.
Uchta o‘yinda ham yaqqol favorit hisoblangan Argentina uchrashuvlarning katta qismida sust o‘yin ko‘rsatdi va faqat so‘nggi daqiqalardagi hujumkorlik evazigagina jon saqlab qoldi.
Bu esa haqli savolni o‘rtaga tashlaydi: ular shu tariqa yana qancha vaqt vaziyatdan chiqib keta olisharkin?
Angliya: kuchli va zaif jihatlar
Argentina kabi inglizlarning ham asosiy ustunligi hujum chizig‘ida — aniqrog‘i, Keyn – Bellingem tandemida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
32 yoshli tajribali Xarri Keyn va uning 23 yoshli sherigi Jud Bellingem navbatma-navbat o‘yin taqdirini hal qilib, jamoaning turnirdagi 13 ta golidan 12 tasini o‘z nomlariga rasmiylashtirishdi.
Shu bilan birga, ba’zi vaziyatlarda inglizlar tartibsiz o‘yin namoyish etib, mudofaada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi.
Angliyaning chorak finalda Norvegiya ustidan qozongan g‘alabasi 1/8 finaldagi Meksikaga qarshi kechgan shiddatli bahs kabi yorqin chiqmadi. Bu esa bosh murabbiy Tomas Tuxelning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Mutaxassis shogirdlarining harakatlarini «sust», «yetarlicha tez bo‘lmagan» va «texnik xatolarga boy» deya tanqid qildi.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





