Mintaqaning fintech sohalari bir maydonda

Бугун 18:003 дақиқа

19-20-may kunlari Octobank mintaqadagi eng yirik fintech forumlaridan biri bo‘lgan, bank sektori, IT, e-commercye va xalqaro moliya hamjamiyati yetakchilarini birlashtirgan — PLUS Forum Digital Uzbekistan 2026 da Titul homiy sifatida ishtirok etdi.

Mintaqaning fintech sohalari bir maydonda


Batafsil - https://octobank.uz/

Forum doirasida bank biznes uchun raqamli yechimlarni taqdim etdi va zamonaviy moliya sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari — transchegaraviy to‘lovlardan tortib kriptoaktivlar va venchur ekotizimigacha bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

PLUS Forum O‘zbekistonda oltinchi marta o‘tkazilmoqda va 2600 dan ortiq ishtirokchi, 130 dan ortiq ma’ruzachi, hamda 100 dan ortiq hamkor va homiylarni birlashtirdi. Platforma yana bir bor ishbilarmonlik muloqoti, yangi hamkorliklar va moliya bozorining asosiy trendlarini muhokama qilish markaziga aylandi.
 
“PLUS Forum — mintaqadagi moliya va texnologiya bozorlari ochiq professional muloqot uchun to‘planadigan sanoqli tadbirlardan biri, va biz uni bosh homiy sifatida qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”, — deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.
 
Octobank stendi forumning asosiy manzillaridan biriga aylanib, ishbilarmonlik uchrashuvlari, netvorking va bankning raqamli yechimlari taqdimoti uchun muhim makon vazifasini o‘tadi. Jamoa yuridik shaxslar uchun 21 %dan boshlanadigan "Octo-Avto," "Octo-Invest" va "Octo-Aylanma" kredit liniyalarini, shuningdek, transchegaraviy to‘lovlar va ekvayring sohasidagi yechimlarni taqdim etdi. Aynan shu yo‘nalishlar bugungi kunda xalqaro hisob-kitoblar va biznes uchun raqamli xizmatlarni rivojlantirishda asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi
 
 
Octobank ESG kun tartibiga alohida e’tibor qaratdi. Bank bitta ko‘rgazma stendidan uchinchi marta foydalanib, resurslar sarfini kamaytirdi va barqaror rivojlanish tamoyillarini qo‘llab-quvvatladi.
 
“Resurslardan oqilona foydalanish strategiyasi Octobank tomonidan izchil amalga oshirilayotgan ESG dasturiga kiritilgan. Stenddan qayta foydalanish tufayli bank xarajatlarini sezilarli darajada — o‘rtacha 300 million so‘mga yaqin optimallashtirdi. Barcha tejalgan mablag‘lar Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi," — dedi Octobank PR va marketing boshqarma  boshlig‘i Muhammad Alinazarov.
 
Forum doirasida Octobank mahalliy va xalqaro sanoat vakillari ishtirokida biznes nonushta o‘tkazdi. Moderator sifatida bank sohasining mustaqil eksperti Aleksey Maslov ishtirok etdi. Ishtirokchilar raqamli xizmatlarni rivojlantirish, mijozlar tajribasi va moliyaviy mahsulotlarni o‘zgartirish masalalarini muhokama qildilar.
 
 
Octobank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Anton Borozdin kripto-aktivlarni rivojlantirish va ularning zamonaviy moliyaviy xizmatlardagi o‘rni bo‘yicha yondashuvni taqdim etdi. Raqamli vositalar va muqobil to‘lov yechimlarining bozor va transchegaraviy hisob-kitoblarga ta’siri ko‘rib chiqildi.
Venchur ekotizimini rivojlantirish va uning mintaqa investitsiya iqtisodiyotini shakllantirishdagi roliga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislarning fikricha, fintech tobora foydalanuvchi atrofidagi yagona raqamli muhit sifatida rivojlanmoqda, bunda tezlik, xavfsizlik, xizmatlar sifati va mijozlar tajribasi asosiy omillarga aylanmoqda.
Sessiyada kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha Octobank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Roma

anton

Anton Borodin

Tretyakov so‘zga chiqib, bankning ushbu segmentdagi strategiyasini taqdim etdi.
"Octobank nafaqat bank mahsulotlarini, balki biznesni rivojlantirish va kengaytirish uchun to‘liq raqamli ekotizimni ham rivojlantirmoqda", - dedi Roman Tretyakov. Bankning yondashuvi moliyaviy xizmatlardan oson foydalanish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish va kompaniyalarga tezroq o‘sish va resurslarini samaraliroq boshqarishga yordam beradigan vositalarni o‘z ichiga oladi.

roman

Roman Tretyakov

*PLUS Forum — Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida, jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va mintaqaning boshqa mamlakatlarida o‘tkaziladigan, banklar, texnologik kompaniyalar va biznesni raqamli moliya, yangi texnologiyalar va hamkorlikni muhokama qilish uchun birlashtiradigan xalqaro fintech platformasi.

Теглар

Мавзуга оид