Logo

Mo‘jtabo Xomanaiy tirikmi? Uning nega ko‘rinish bermayotgani tushuntirildi

Бугун 21:341 дақиқа

AQSH va Isroilning Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy bosqini va sobiq rahbar Ali Xomanaiyning o‘limidan so‘ng, mamlakatning yangi oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiy butunlay ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan edi.

Mo‘jtabo Xomanaiy tirikmi? Uning nega ko‘rinish bermayotgani tushuntirildi

Eronning oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiy AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy bosqini boshlanganidan beri omma oldida ko‘rinmadi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bosh qo‘mondoni maslahatchisi Muhammad Rizo Nag‘diyning aytishicha, bunga yagona sabab xavfsizlik masalasi hisoblanadi.

Nag‘diy bu haqda «PBS» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. U jurnalistning Xomanaiy nega jamoatchilik oldiga chiqmayotgani haqidagi savoliga «bu uning strategiyasi» ekanini aytdi.

«Tabiiyki, bu xavfsizlik sababli. Albatta, boshqa sabab yo‘q», — dedi IIQK maslahatchisi.

Uning ta’kidlashicha, «Eronning dushmanlari jinoyatchi va qonunga bo‘ysunmaydi».

Nag‘diy u bilan uchrashganmi?

Nag‘diydan Mo‘jtabo Xomanaiy bilan shaxsan uchrashgan-uchrashmagani ham so‘ralgan. Biroq IIQK vakili bu savolga aniq javob berishdan o‘zini olib qochgan.

Mujtabo Xomanaiy Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri biror marta ham omma oldida chiqish qilmadi. Aynan shu operatsiya davomida uning otasi, Islom Respublikasining avvalgi oliy rahbari Ali Xomanaiy halok bo‘lgan edi. Tehron Mujtabo Xomanaiyning salomatligiga hech qanday xavf tahdid solmayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Теглар

Мавзуга оид