Neft narxi barqaror qoldi – savdogarlar AQSH-Eron yadroviy muzokaralarini kutmoqda

Ikki davlat shu oy boshida yangilangan muzokaralardan so‘ng ertaga, 16-fevral kuni Jeneva shahrida ikkinchi bosqich uchrashuvni o‘tkazishi kutilmoqda. Muzokaralar Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha o‘n yillab davom etayotgan kelishmovchilikni hal qilish va yangi harbiy to‘qnashuvning oldini olishga qaratilgan.

Neft narxi barqaror qoldi – savdogarlar AQSH-Eron yadroviy muzokaralarini kutmoqda

Bugun, 16-fevral kuni neft narxi deyarli o‘zgarishsiz qoldi, chunki investorlar OPEC+ tomonidan kutilgan qo‘shimcha ta’minot fonida AQSH–Eron muzokaralarining bozorga ta’sirini baholamoqda. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

«Brent» nefti fyucherslari 3 sentga oshib, bir barrel uchun 67,78 dollarga yetdi. AQSHning «West Texas Intermediate» (WTI) nefti esa 2 sentga oshib, barreli 62,91 dollardan sotildi. AQSHda bayram munosabati bilan bugun «WTI» bo‘yicha rasmiy hisob-kitob (settlement) o‘tkazilmaydi.

O‘tgan hafta har ikki etalon neft markasi haftalik pasayishni qayd etdi: «Brent» taxminan 0,5 foizga tushdi, «WTI» esa 1 foizga arzonlashdi. Bu pasayishga AQSH prezidenti Donald Trampning Vashington kelasi oy ichida Tehron bilan kelishuvga erishishi mumkinligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.

Ikki davlat shu oy boshida yangilangan muzokaralardan so‘ng seshanba kuni Jenevada shahrida ikkinchi bosqich uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. Muzokaralar Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha o‘n yillab davom etayotgan kelishmovchilikni hal qilish va yangi harbiy to‘qnashuvning oldini olishga qaratilgan.

Eronlik diplomatning aytishicha, Tehron AQSH bilan ikki tomonga iqtisodiy foyda keltiradigan yadroviy kelishuvga intilayotganini bildirgan. Unda energetika va tog‘-kon sohalariga sarmoya kiritish hamda samolyot xaridlari muhokama qilinishi mumkin.

«IG» bozor tahlilchisi Toni Sikamorning aytishicha, har ikki tomon asosiy «qizil chiziqlar»ida qat’iy turishi kutilmoqda, shuning uchun kelishuvga erishish ehtimoli past. Uning fikricha, bu «bo‘ron oldidan sukut» bo‘lishi mumkin.

Taranglik xavfi

AQSH rasmiylari «Reuters» agentligiga ma’lum qilishicha, muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, AQSH mintaqaga ikkinchi avianosets yuborgan va uzoq muddatli harbiy kampaniya ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa Eron hududiga zarba berilsa, AQSHning har qanday harbiy bazasiga javob qaytarishi mumkinligidan ogohlantirgan.

AQSH–Eron tarangligi neft narxlarini oshirayotgan bir paytda, Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti va uning ittifoqchilari OPEC+ yozgi yuqori talabni qondirish maqsadida aprel oyidan boshlab uch oylik tanaffusdan keyin neft ishlab chiqarish hajmini oshirishni qayta tiklashga moyil ekani xabar qilingan.

Dushanba kuni jahon moliya bozorlarida faollik past bo‘lishi kutilmoqda, chunki Xitoy, Janubiy Koreya va Tayvan mamlakatlarida Oy yangi yili bayrami munosabati bilan bozorlar yopiq. Shuningdek, AQSHda prezidentlar kuni nishonlanmoqda.

Nyu Dehlida joylashgan «SS WealthStreet» tadqiqot kompaniyasi asoschisi Sugandxa Sachdevaning aytishicha, Xitoy talabiga oid signallar bu hafta deyarli kuzatilmayotgani sababli likvidlik past bo‘lib qolmoqda va narxlar keskin tebranishi mumkin.

«Qisqa muddatda geosiyosiy rivojlanishlar va zaxiralar bo‘yicha ma’lumotlar narxlar o‘zgaruvchanligining asosiy omillari bo‘lib qoladi, bu esa neft bozorini har ikki tomonlama keskin tebranishlarga moyil holda saqlab turadi», deya qo‘shimcha qildi u.

Теглар

Мавзуга оид