Logo

Onlayn auksionda bir kunda 131,5 mlrd so‘mlik mol-mulk sotildi — Davaktiv

Бугун 14:052 дақиқа

Boshlang‘ich narxi 2,49 mlrd so‘m bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi yakunda 17 mlrd so‘mga sotildi.

Onlayn auksionda bir kunda 131,5 mlrd so‘mlik mol-mulk sotildi — Davaktiv © norma.uz

2026-yil 25-noyabr kuni onlayn auksion savdolariga 753 ta lot chiqarildi. Shundan boshlang‘ich qiymati 105,5 mlrd so‘m bo‘lgan 370 ta lot jami 131,5 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Davlat mulki ijaraga berildi, korxonalar obyektlari sotildi

Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha 38 ta lot xaridor topdi. Ularning boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, savdo natijasida ijara to‘lovlari 3,6 mlrd so‘mga yetdi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Termiz davlat universiteti balansida bo‘lgan bo‘sh binoning yillik ijara narxi 2,43 mlrd so‘mdan 2,55 mlrd so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 88 ta mulk obyekti sotildi. Ularning boshlang‘ich qiymati 73,8 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, savdo yakunida 75,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalari 48,4 mlrd so‘mga sotildi

Auksionda umumiy maydoni 46,5 gektar bo‘lgan 157 ta yer uchastkasi xaridor topdi. Ularning boshlang‘ich narxi 25,5 mlrd so‘m bo‘lgan, savdo natijasida esa umumiy qiymati 48,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Jumladan, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi 17 mlrd so‘mga sotildi. Uning boshlang‘ich narxi 2,49 mlrd so‘m etib belgilangan edi.

Qishloq va dehqon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkalaridan esa 61 tasi sotildi. Ularning umumiy maydoni 473 gektarni tashkil etadi. Boshlang‘ich qiymati 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu lotlar savdo yakunida 2,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Boshqa lotlar ham savdoga qo‘yildi

Boshqa toifadagi 26 ta lotning boshlang‘ich narxi 700 mln so‘m bo‘lgan. Savdo natijasida ular 1,2 mlrd so‘mga sotildi. 25-noyabr kuni o‘tkazilgan auksionlarda jami 636 nafar jismoniy va yuridik shaxs ishtirok etdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda umumiy qiymati 40,6 trln so‘m bo‘lgan 120 ming 716 ta lot onlayn savdolarga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksionlarda jami 216,8 mlrd so‘mlik mol-mulk sotilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид