Logo

O‘tgan haftaning eng ta’sirli suratlari e’lon qilindi

Бугун 19:004 дақиқа

Associated Press agentligi fotojurnalistlari tomonidan dunyoning turli nuqtalarida tasvirga olingan va o‘tgan hafta davomida e’lon qilingan eng sara fotosuratlar to‘plami taqdim etildi. Ushbu galereyadan dunyo miqyosidagi muhim siyosiy va ijtimoiy hodisalar muhrlagan kadrlar o‘rin olgan.

O‘tgan haftaning eng ta’sirli suratlari e’lon qilindi

Associated Press xalqaro axborot agentligi o‘tgan haftaning eng ta’sirli fotosuratlarini bir yerga jamladi. Tashkilot fotomuharriri Enn-Mari Belgrav tomonidan saralangan kadrlarda 17–23-iyul kunlari e’lon qilingan, dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan muhim voqealar aks etgan.

1

Kubalik san’atkor Osmani Betankurning asari Ispaniyaning Open Arms gumanitar tashkilotiga tegishli Astral kemasidagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda. Gavana ko‘rfazi, Kuba, 2026 yil 19-iyul / Foto: Ramon Espinosa / AP

2

14 yoshli Umar G‘abin G‘azo sektorining markaziy qismidagi Deyr al-Balah chiqindixonasidan yig‘ib olgan buyumlari solingan qopni ko‘tarib ketmoqda. 2026 yil 23-iyul, payshanba / Foto: Abdel Kareem Hana / AP

3

Livan janubidagi Ganduriya qishlog‘i aholisi Isroil-"Hizbulloh" urushi paytida vayron bo‘lgan uylari xarobalarini tozalamoqda. 2026 yil 21-iyul / Foto: Hassan Ammar / AP

4

Jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘lgan politsiyachi Oshiq Husaynning yaqini uning Lalporadagi xonadonida yig‘lamoqda. Srinagar shimoli-g‘arbi, Hindiston nazoratidagi Kashmir, 2026 yil 22-iyul / Foto: Muxtor Xon / AP

5

Erta tongdagi jala paytida Alameda Bernardo O‘Higgins prospektidan o‘tayotgan piyodalar. Santyago, Chili, 2026 yil 20-iyul / Foto: Esteban Felix / AP

6

Uganda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari Nubiya jirafalarini Murchison-Folls milliy bog‘idan Ajai qo‘riqxonasiga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uganda shimoli-g‘arbi, 2026 yil 21-iyul / Foto: Hajarah Nalwadda / AP

7

Maryam Aminu to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgan qizi Farisa bilan oshxona oldida. Kvare, Sokoto shtati, Nigeriya shimoli-g‘arbi, 2026 yil 15-iyul / Foto: Sunday Alamba / AP

8

Tibbiyot xodimlari Bunia markaziy kasalxonasining Ebola davolash markazida tez yordam avtomobilini dezinfeksiya qilmoqda. Ituri provinsiyasi, Kongo DR, 2026 yil 22-iyul / Foto: Dirole Lotsima Dieudonne / AP

7

Viskonsin shtatining Medison shahrida politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan shaxs xotirasiga o‘tkazilgan sham yoqish aksiyasi ishtirokchilari. 2026 yil 22-iyul / Foto: Kayla Wolf / AP

10

Jorjiya shtatining Marietta shahridagi Wheeler o‘rta maktabida AQSH prezidenti Donald Trampning nutq so‘zlashini kutayotgan tarafdorlar. 2026 yil 22-iyul / Foto: Erik S. Lesser / AP

11

Chapdan o‘ngga: Kristin Uonsli, turmush o‘rtog‘i Elmor hamda o‘g‘illari kichik Elmor va Etan. Ular 4-iyul kuni qayiqda sayrga chiqib, so‘ngra halok bo‘lgan 18 yoshli Nolan Ksave Uellsning xotira marosimida ko‘z yosh to‘kmoqda. 2026 yil 20-iyul / Foto: Gerald Herbert / AP

13

Kiyevning Lukyanivka dahasida Rossiya hujumi natijasida vayron bo‘lgan turar joy binosiga qarayotgan odamlar. Ukraina, 2026 yil 24-may / Foto: Yevgeniy Maloletka / AP

14

Nyu-Dehlida ta’lim vazirining iste’fosini talab qilib, Hindiston parlamenti tomon yurishga urinayotgan va politsiya bilan to‘qnashgan namoyishchilar. Nyu-Dehli, Hindiston, 2026 yil 20-iyul / Foto: Vipin / AP

13

Tour de France velopoygasining Chamberi va Vuaron shaharlari o‘rtasidagi 17-bosqichini pichan toylari ustida turib tomosha qilayotgan muxlislar. Fransiya, 2026 yil 22-iyul / Foto: Mosa’ab Elshamy / AP

16

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Endi Bernhem va uning rafiqasi Mari-Frans van Hil Dauning-stritdagi 10-uyga kirib kelayotganida ularni olqishlayotgan qarorgoh xodimlari. London, 2026 yil 20-iyul / Foto: Kin Cheung, Pool / AP

17

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres Argentina bilan kechgan Jahon chempionati final uchrashuvida hisobni ochgach, golni nishonlamoqda. Ist-Ruterford, Nyu-Jersi shtati, 2026 yil 19-iyul / Foto: Seth Wenig / AP

18

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari AQSHning Ist-Ruterford shahrida kechgan Jahon chempionati finalida Argentina ustidan qozonilgan g‘alabani Madriddagi Sibeles maydonida nishonlamoqda. Ispaniya, 2026 yil 20-iyul / Foto: Bernat Armangue / AP

photo_2026-07-30_15-08-24

Ispaniyalik Lamine Yamal hamda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati final uchrashuvidan so‘ng quchoqlashmoqda. Ist-Ruterford, Nyu-Jersi shtati, 2026 yil 19-iyul / Foto: Seth Wenig / AP

19

Yog‘och kesish bo‘yicha jahon chempionatida (Lumberjack World Championships) tramplinda yog‘och chopish bo‘yicha final musobaqasi. Xeyvard, Viskonsin shtati, 2026 yil 18-iyul / Foto: Ellen Schmidt / AP

20

Luiziana qirg‘oqlariga "Berta" tropik bo‘roni yaqinlashayotgan bir paytda Ponchartreyn ko‘lining Vest-End bandargohida to‘lqinlar yonida o‘ynayotgan bolalar. Nyu-Orlean, AQSH, 2026 yil 22-iyul / Foto: Gerald Herbert / AP

22

Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozi qirg‘og‘ida, O‘rtakoy masjidi va 15-iyul Shahidlar ko‘prigi fonida suratga tushayotgan fotograf Enes Hazam. Istanbul, Turkiya, 2026 yil 26-iyun . Foto: Emrah Gurel / AP

23

Katra shahridagi Vaishno Devi ibodatxonasiga eltuvchi yo‘lda ibodat qilayotgan hindu ziyoratchisi. Kuchli yog‘ingarchilik sababli an’anaviy Mata Vaishno Devi Yatra ziyorati uchinchi kundan beri to‘xtatilgan. Katra, Hindiston, 2026 yil 21-iyul . Foto: Channi Anand / AP

24

AQSHning xorijiy yordam dasturlarini qisqartirishi ortidan ishidan ayrilib, kun kechirish uchun tijorat jinsiy xizmatlari ko‘rsatishga majbur bo‘lgan transgender va gumanitar tashkilot sobiq xodimi Sujata Chaudxari. Katmandu, Nepal, 2026 yil 22-may . Foto: Bram Janssen / AP

25

Afinadagi anomal issiq kunlarda Areopag tepaligida yelpig‘ich bilan salqinlanayotgan sayyoh va to‘plangan odamlar. Fonda — Akropol obidasi. Afina, Gretsiya, 2026 yil 21-iyul . Foto: Petros Giannakouris / AP

26

Moskvadagi Qizil maydonda Qozon Bibi Maryam ikonasi bayrami munosabati bilan ibodatxona yonidagi do‘kon vitrinasida aks etgan odamlar. Fonda — Kreml devorlari va Spasskaya minorasi. Moskva, Rossiya, 2026 yil 21-iyul . Foto: Alexander Zemlianichenko / AP

27

Yo‘l-transport hodisasida ikkala oyog‘idan ayrilgan 28 yoshli Hamza Ali ishga ketishdan oldin ibodat qilmoqda. Islomobod, Pokiston, 2026 yil 17-iyul / Foto: Anjum Naveed / AP

28

AQSH armiyasining faxriy qorovul guruhi Gavayi shtatining Eva-Bich shahridan bo‘lgan 1-leytenant Tayler Jeyms Fihanning jasadi solingan maxsus tobutni ko‘chirmoqda. Dover aviabazasi, Delaver shtati, AQSH, 2026 yil 22-iyul / Foto: Matt Rourke / AP

29

AQSH prezidenti Donald Tramp va Oq uy maslahatchisi Natali Xarp Dover aviabazasida halok bo‘lgan harbiylarning xokini topshirish (Dignified Transfer) marosimi o‘tkazilgan hududni tark etmoqda. Delaver shtati, AQSH, 2026 yil 22-iyul / Foto: Julia Dematee Nikhinson / AP

Теглар

Мавзуга оид