O‘zbekiston banklari 3 oyda qancha daromad qildi?

Кеча 17:274 дақиқа

2026-yilning dastlabki 3 oyi bo‘yicha yana 5 ta bank o‘z moliyaviy hisobotlarini taqdim etdi.

O‘zbekiston banklari 3 oyda qancha daromad qildi?

2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston bank sektorining yetakchi ishtirokchilari — «Octobank», «Tengebank», «Kapitalbank», «Milliybank» va «Hayotbank» o‘z moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi.

Taqdim etilgan natijalar bank sektorida daromadlar o‘sishi, aktivlar hajmining kengayishi va bozordagi raqobat tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

«Octobank» 108,6 mlrd so‘m sof foyda oldi

Shu yilning hisobot davrida «Octobank»ning sof foydasi 108,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bank aktivlari 15,52 trln so‘mga yetgan bo‘lib, davr boshiga nisbatan sezilarli o‘sish qayd etilgan. Aktivlar tarkibida eng katta ulushni investitsiyalar tashkil qildi. Ularning hajmi 6,71 trln so‘mga teng bo‘lib, jami aktivlarda yuqori ulushni egallagan.

Daromadlar qismida foizli tushumlar 238,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, foizsiz daromadlar 1,2 trln so‘mga yetgan. Bu bank daromadlarida diversifikatsiya yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Xarajatlar qismida foizli xarajatlar 176,9 mlrd so‘mni, foizsiz xarajatlar esa 1,04 trln so‘mni tashkil etgan. Operatsion xarajatlar 111,6 mlrd so‘m bo‘lib, shundan 73,8 mlrd so‘m xodimlar mehnatiga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida bankning davlat budjetiga to‘lanadigan daromad solig‘i 110 million so‘mni tashkil etgan.

«Tengebank» foydasi I chorakda 34,0 mlrd so‘mga yetdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, «Tengebank»ning sof foydasi keskin o‘sib, qariyb 34,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi 920,9 mln so‘m bilan taqqoslaganda bir necha barobarga oshganini ko‘rsatadi.

Taqqoslash uchun, bank 2025-yilni 54,9 mlrd so‘m foyda bilan yakunlagan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 36,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hisobot davrida foizli daromadlar deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Biroq kredit va lizing operatsiyalari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zaxiralar oshgani natijasida sof foiz natijasi manfiy bo‘lib, -5,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, komission daromadlar keskin o‘sdi — 12,8 mlrd so‘mdan 57,0 mlrd so‘mgacha. Aynan shu omil bangga chorakni yuqori foyda bilan yakunlash imkonini bergan.

Mart oyi boshiga kelib kredit portfeli 4,5 trln so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 8,4 foizlik o‘sishni anglatadi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi ham 2,3 foizdan 3,4 foizgacha oshgan.

«Milliybank» 603,2 mlrd so‘m sof foyda oldi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, «Milliybank» 603,2 mlrd so‘m sof foyda qayd etdi. Aniq raqamlarda bu ko‘rsatkich 603 mlrd 155 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,9 foizga yuqori bo‘ldi. Eslatib o‘tish joiz, 2025-yil birinchi choragida bank 467,9 mlrd so‘m foyda olgan edi.

Hisobot davrida bankning jami foizli daromadlari 4,7 trln so‘mga yetdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 15 foizlik o‘sishni anglatadi. Shu bilan birga, foizli xarajatlar 2,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Bankning operatsion xarajatlari ham o‘sishni ko‘rsatgan. Jumladan, xodimlar ish haqi va boshqa xarajatlarga 372,2 mlrd so‘m sarflangan bo‘lsa, jami operatsion xarajatlar 673,1 mlrd so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga ko‘p.

Shuningdek, hisobot davrida davlat budjetiga to‘langan daromad solig‘i 22,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

«Kapitalbank» 324,8 mlrd so‘m sof foyda oldi

Shu yilning hisobot davrida «Kapitalbank»ning sof foydasi 324,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bank aktivlari 58,23 trln so‘mga yetgan bo‘lib, davr boshiga nisbatan o‘sish qayd etilgan.

Aktivlar tarkibida eng katta ulushni kredit va lizing operatsiyalari tashkil qildi. Ularning hajmi 36,6 trln so‘mga teng bo‘lib, jami aktivlarda asosiy drayver bo‘lib qolmoqda.

Daromadlar qismida foizli tushumlar 1,85 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, foizsiz daromadlar 1,64 trln so‘mga yetgan.

Xarajatlar qismida foizli xarajatlar 1,07 trln so‘mni, foizsiz xarajatlar esa 648,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Operatsion xarajatlar 715,7 mlrd so‘m bo‘lib, shundan 269,8 mlrd so‘m xodimlar mehnatiga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida bank davlat budjetiga 49,1 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

«Hayotbank» 14,6 mlrd so‘m sof foyda oldi

Shu yilning hisobot davrida «Hayotbank»ning sof foydasi 14,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bank aktivlari 7,43 trln so‘mga yetgan bo‘lib, davr boshiga nisbatan o‘sish qayd etilgan. Aktivlar tarkibida eng katta ulushni kredit va lizing operatsiyalari tashkil qildi. Ularning hajmi 5,63 trln so‘mga teng bo‘lib, jami aktivlarning asosiy qismini egallagan.

Daromadlar qismida foizli tushumlar 332,5 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, foizsiz daromadlar 87,2 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Xarajatlar qismida foizli xarajatlar 253,5 mlrd so‘mni, foizsiz xarajatlar esa 22,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Operatsion xarajatlar 66,8 mlrd so‘m bo‘lib, shundan 41,6 mlrd so‘m xodimlar mehnatiga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida bank davlat budjetiga 3 mrld so‘m soliq to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «SQB», «KDB bank», «Universalbank», «Turonbank» va «Openbank»ning foyda va asosiy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bergan edik.

Теглар

Рухсора Жовлиева

Рухсора ЖовлиеваМақолалар сони: 857

Барчаси

Мавзуга оид