O‘zbekiston iqtisodiyotining qariyb chorak qismi hali ham «soya»da

Бугун 12:551 дақиқа

Statistika mamlakat iqtisodiyotida katta hajmdagi rasmiy hisobga kirmaydigan faoliyat saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining qariyb chorak qismi hali ham «soya»da

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qo‘shilgan qiymati 102,7 trillion so‘mni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 22,9 foiziga teng.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, kuzatilmaydigan iqtisodiyotning asosiy qismi uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu segment hajmi 69,1 trillion so‘m bo‘lib, YAIMning 15,4 foizini tashkil etgan.

Yashirin iqtisodiyot hajmi esa 33,6 trillion so‘mga yetgan. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 7,5 foiziga teng bo‘lib, iqtisodiy faoliyatning ma’lum qismi hanuz rasmiy hisobotlardan tashqarida qolmoqda.

Qishloq xo‘jaligi yetakchi

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibida eng katta ulush qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu yo‘nalishning ulushi 81,1 foizni tashkil etgan.

Shu bilan birga, xizmatlar sohasi ham kuzatilmaydigan iqtisodiyotda muhim o‘rin egalladi. Uning ulushi 24,5 foiz bo‘lgan.

Statistikaga ko‘ra, qurilish sohasi ulushi 23,9 foiz, sanoat sohasining ulushi esa 6,7 foizni tashkil etmoqda.

Теглар

Мавзуга оид