O‘zbekiston Isroildagi fuqarolarini ogohlantirdi

27.02.2026 | 21:401 дақиқа

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.

O‘zbekiston Isroildagi fuqarolarini ogohlantirdi

Isroildagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi barcha fuqarolarni shaxsiy xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi.

Shu bilan birga elchixona mintaqada xavfsizlik holati tez o‘zgarishi mumkinligi sabab Isroil rasmiy idoralari, mahalliy hokimiyat organlarining xabar va ko‘rsatmalariga amal qilishni, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga borishdan, odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlanishni so‘ragan.

Shuningdek, sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qilishni, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo olib yurish hamda yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish so‘ralgan.

Bayonotda keltirilishicha, elchixona bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanish mumkin:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

+972 54 485 1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

«Iltimos, vaziyatga jiddiy yondashing va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling», – deyiladi bayonotda.

Теглар

Мавзуга оид