Logo

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘ona pastladi

Бугун 09:001 дақиқа

Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkichni Qozog‘iston pasporti (66-o‘rin) qayd etdi.

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston Henley Passport Index xalqaro reytingida 82-o‘ringa tushdi. Mamlakat fuqarolari dunyoning 59 ta davlatiga vizasiz sayohat qilish imkoniyatiga ega. Bu haqda indeksning 2026 yil oktabr oyi uchun e’lon qilingan hisobotida ma’lum qilindi.

Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichidan 9 pog‘onaga pastlab, 73-o‘rindan 82-o‘ringa tushgan. Mazkur o‘rindan O‘zbekiston bilan bir qatorda Burkina-Faso va Togo davlatlari ham joy olgan.

Reyting yetakchisi sifatida Singapur qayd etildi. Ushbu davlat fuqarolari dunyoning 193 ta yo‘nalishiga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lib, ro‘yxatning 1-o‘rinini egallab turibdi.

Reytingning eng oxirgi, 106-o‘rinida esa bor-yo‘g‘i 22 ta davlatga vizasiz kirish imkonini beruvchi Afg‘oniston pasporti joylashgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining reytingdagi o‘rni

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan bo‘lib, 77 ta yo‘nalishga vizasiz kirish imkoniyati bilan 66-o‘rindan joy olgan. Mintaqadagi boshqa davlatlarning natijalari quyidagicha:

— Qirg‘iziston — 78-o‘rin (63 ta yo‘nalish);
— Tojikiston — 84-o‘rin (52 ta yo‘nalish);
— Turkmaniston — 93-o‘rin (44 ta yo‘nalish).

Теглар

Мавзуга оид