Logo

O‘zbekiston to‘rt oyda 24 tonna oltin sotib oldi

Кеча 22:222 дақиқа

O‘zbekiston Markaziy banki 6 oylik tanaffusdan so‘ng aprel oyida 1 tonna oltin sotgandi.

O‘zbekiston to‘rt oyda 24 tonna oltin sotib oldi © planet-today.com

2026 yil aprel oyida dunyo Markaziy banklari jami 17 tonna oltin xarid qildi.

Jahon Oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy banklar tomonidan oltinga bo‘lgan talab yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Hisobotda eng yirik xaridor sifatida Polsha Markaziy banki qayd etilgan. Mamlakat aprel oyida 14 tonna oltin sotib olgan bo‘lib, yil boshidan buyon jami xarid hajmi 45 tonnaga yetdi.

Shu tariqa, Polsha oltin zaxiralarini 595 tonnagacha oshirdi. Bu mamlakat umumiy xalqaro zaxiralarining qariyb 30 foizini tashkil etmoqda.

Shuningdek, Xitoy ham aprel oyida oltin xaridini sezilarli darajada oshirdi. Mamlakat bir oyda 8 tonna oltin sotib oldi va bu 2024 yil dekabridan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich sifatida baholanmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Xitoyning oltinga qiziqishi tashqi iqtisodiy xavflar va valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish siyosati bilan bog‘liq.

Hisobotda qayd etilishicha, Xitoy markaziy banki ketma-ket 18 oydan buyon oltin xarid qilib kelmoqda. Shuningdek, Chexiya Milliy banki ham aprel oyida o‘z zaxiralarini yana 2 tonna oltin bilan to‘ldirgan.

O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda

O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida 1 tonna oltin sotgan bo‘lsa-da, yillik hisobda yirik sof xaridorlar qatorida qolmoqda. Yil boshidan buyon mamlakat 24 tonna oltin xarid qilib, Polshadan keyingi ikkinchi eng yirik oltin sotib oluvchi davlat bo‘ldi.

Hozirda mamlakat oltin zaxiralari taxminan 414 tonnani tashkil etadi. Mavjud zaxiralar O‘zbekiston umumiy xalqaro rezervlarining qariyb 88 foiziga teng.

Jahon Oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda Sharqiy Yevropa va Osiyo markaziy banklari har oy o‘rtacha 11–12 tonnadan oltin sotib olib, rezerv siyosatini izchil ravishda mustahkamlab kelmoqda.

Теглар

Мавзуга оид