O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi bir yil ichida ikki barobar oshdi

Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1,8 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi bir yil ichida ikki barobar oshdi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 1,8 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 50 foizga yuqori.

Qayd etilishicha, ayni paytda Afg‘onistonda O‘zbekistonning savdo uylari Kobul va Mazori-Sharif shaharlarida faoliyat yuritmoqda. Ularda oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, farmatsevtika mahsulotlari hamda maishiy va elektrotexnika tovarlari taklif qilinmoqda.

Iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida 17-fevral kuni Mazori-Sharifda o‘zbek-afg‘on biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tadbirkorlar 205 mln dollarlik dastlabki kelishuvlarga erishgan. Shuningdek, o‘tgan yil davomida Kobul va Mazori-Sharifda o‘tkazilgan biznes tadbirlarda 400 ga yaqin o‘zbek kompaniyasi ishtirok etgan va 250 mln dollardan ortiq shartnomalar imzolangan.

Теглар

Мавзуга оид