Logo

O‘zbekistonda bank kartalari soni 74 millionga yaqinlashdi

Бугун 13:252 дақиқа

O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi o‘sishda davom etmoqda. Yilning dastlabki besh oyida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 256,9 trillion so‘mga yetdi, muomaladagi bank kartalari soni esa qariyb 74 milliontani tashkil qildi.

O‘zbekistonda bank kartalari soni 74 millionga yaqinlashdi © vaqt.uz

Markaziy bankning 2026 yil 1-iyun holatiga oid ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda muomaladagi bank plastik kartalari soni 73,7 milliontaga yetgan. Shu bilan birga, respublika bo‘ylab 445,9 mingta to‘lov terminali hamda 46,5 mingta bankomat va infokiosk faoliyat ko‘rsatmoqda.

To‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 256,9 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu aholi va biznes subyektlari o‘rtasida naqd pulsiz to‘lovlar ulushi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Muomaladagi bank kartalari soni bo‘yicha Xalq banki 11,8 million dona karta bilan yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarda Uzum Bank (6,8 million), Agrobank (6,7 million), Ipoteka-bank (5,6 million), Anorbank (4,9 million) va Hamkorbank (4,8 million) joylashdi.

To‘lov terminallari soni bo‘yicha Hamkorbank 65,3 mingta qurilma bilan birinchi o‘rinni egalladi. Milliy bankda 42,4 mingta, Xalq bankida 34,2 mingta va O‘zsanoatqurilishbankda 31,2 mingta terminal o‘rnatilgan.

Bankomat va infokiosklar tarmog‘i bo‘yicha esa Xalq banki 3 132 ta qurilma bilan yetakchi bo‘ldi. Agrobank 1 823 ta, Kapitalbank 1 664 ta va Invest Finance Bank 1 424 ta qurilma bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Bankomat va infokiosklar tarmog‘i bo‘yicha Xalq banki 3 132 ta qurilma bilan yetakchi bo‘ldi. Agrobankda 1 823 ta, Kapitalbankda 1 664 ta, Invest Finance Bankda 1 424 ta, Ipoteka-bankda 1 112 ta, Ipak Yo‘li bankida 1 063 ta va Milliy bankda 1 050 ta bankomat hamda infokiosk faoliyat yuritmoqda.

To‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Aloqabankda (28,4 trln so‘m) qayd etilgan. Milliy bankda ushbu ko‘rsatkich 21,6 trln so‘mni, TBC Bankda 17 trln so‘mni, Ipoteka-bankda 14,2 trln so‘mni, Hamkorbankda 14 trln so‘mni, Ipak Yo‘li bankida 13,8 trln so‘mni, Uzum Bankda esa 13,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Теглар

Мавзуга оид