Logo

O‘zbekistonda har bir kvadrat kilometrga o‘rtacha nechta kishi to‘g‘ri keladi?

Бугун 12:251 дақиқа

Mamlakatda aholi zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda har bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 7,3 mingdan ortiq kishi to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda har bir kvadrat kilometrga o‘rtacha nechta kishi to‘g‘ri keladi? © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda 2026 yil 1-aprel holatiga har bir kvadrat kilometr maydonga o‘rtacha 85,5 nafar aholi to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida aholi eng zich joylashgan hudud Toshkent shahri bo‘lib, bu yerda har bir kvadrat kilometrga 7 352,4 nafar aholi to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich respublika o‘rtacha darajasidan qariyb 86 barobar yuqori hisoblanadi.

Viloyatlar orasida esa Andijon viloyati yetakchilik qilmoqda. Hududda aholi zichligi 821,4 kishini tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (627,8 kishi) va Namangan viloyati (430,9 kishi) qayd etilgan. Ushbu natijalar Farg‘ona vodiysi mamlakatning eng zich aholi joylashgan qismi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida aholi zichligi 341,2 kishi, Samarqand viloyatida 262,1 kishi, Sirdaryo viloyatida 222,1 kishi va Toshkent viloyatida 209,6 kishini tashkil etgan.

Aholi nisbatan siyrak joylashgan hududlar qatoriga Qashqadaryo viloyati (130,6 kishi), Jizzax viloyati (74,3 kishi) va Buxoro viloyati (50,5 kishi) kirgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa katta cho‘l va kam aholi yashaydigan hududlarda qayd etilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida har bir kvadrat kilometrga 12,4 kishi, Navoiy viloyatida esa atigi 10,2 kishi to‘g‘ri keladi.

Aholi zichligi ko‘rsatkichlari hududlarning iqtisodiy faolligi, urbanizatsiya darajasi va infratuzilmaga bo‘lgan talabni baholashda muhim mezonlardan biri hisoblanadi.

Теглар

Мавзуга оид