O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar soni qizlardan deyarli yarim millionga ko‘proq

Бугун 11:551 дақиқа

Milliy statistika qo‘mitasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mamlakatdagi bolalar soni haqidagi yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar soni qizlardan deyarli yarim millionga ko‘proq © vaqt.uz

2026 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 0–14 yoshli bolalar soni 11 million 630 ming 879 nafarni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning 6 million 30 ming 736 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 5 million 600 ming 143 nafari qiz bolalar hisoblanadi. Shu tariqa mamlakatda o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan 430 593 nafarga yoki 7,7 foizga ko‘proq ekani qayd etilgan.

Tug‘ilishlarda o‘g‘il bolalar ulushi yuqori

2026 yilning birinchi choragida ham ushbu tendensiya saqlanib qoldi. Yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha jami 191 ming 86 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan.

Shundan 98,5 ming nafarini o‘g‘il bolalar, 92,6 ming nafarini esa qiz bolalar tashkil etgan.

Ya’ni birinchi chorakda tug‘ilgan chaqaloqlarning 51,5 foizi o‘g‘il bolalar, 48,5 foizi esa qiz bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qishloqlarda tug‘ilishlar ko‘proq

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, tug‘ilishlarning asosiy qismi qishloq joylarda qayd etilgan. Joriy yilning dastlabki uch oyida qishloq hududlarida 97,4 mingta chaqaloq dunyoga kelgan.

Shu bilan birga, shaharlarda 93,7 mingta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan. Bu esa mamlakatda tug‘ilishlar soni bo‘yicha qishloq aholisi ulushi hanuz yuqoriligini ko‘rsatadi.

Теглар

Мавзуга оид