O‘zbekistonda quyosh energiyasi uchun aholiga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘lab berildi
2026-yilning yanvar—sentabr oylarida «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida jami 70,7 ming nafar fuqaro o‘z xonadonida ishlab chiqarilgan va umumiy elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun davlat budjetidan mablag‘ olgan.
© Ijtimoiy tarmoqlar2026-yilning to‘qqiz oyida aholiga quyosh energiyasi uchun 642,1 mlrd so‘m miqdorida subsidiya to‘lab berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida jami 70,7 ming nafar jismoniy shaxs o‘z xonadonida ishlab chiqarilgan va umumiy elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun davlat budjetidan mablag‘ olgan.
Xususan, birgina sentabr oyining o‘zida 66,2 ming nafar fuqaroga 99,9 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.
Hududlar kesimida subsidiyalar taqsimoti
Soliq qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p subsidiya mablag‘lari Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisiga to‘g‘ri kelgan.
Davlat tomonidan to‘lab berilgan mablag‘larning hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichi quyidagicha:
— Buxoro viloyati — 116,7 mlrd so‘m;
— Xorazm viloyati — 115,3 mlrd so‘m;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 77,3 mlrd so‘m;
— Qashqadaryo viloyati — 72,6 mlrd so‘m;
— Navoiy viloyati — 49,8 mlrd so‘m;
— Farg‘ona viloyati — 45,6 mlrd so‘m;
— Samarqand viloyati — 36,1 mlrd so‘m.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam berilishi haqida xabar berilgandi.





