Logo

O‘zbekistonda tug‘ilish 2050-yilga borib 1,2 milliondan oshadi

Бугун 15:002 дақиқа

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni keyingi 25 yilda qariyb 40 foizga o‘sishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda tug‘ilish 2050-yilga borib 1,2 milliondan oshadi © SSV

«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli prognozini e’lon qildi. Tadqiqotga ko‘ra, mamlakatda tug‘ilishlar soni kelgusi yillarda barqaror o‘sib boradi.

Prognozlar 2030-yilda O‘zbekistonda 892,7 ming nafar chaqaloq tug‘ilishini ko‘rsatmoqda. 2040-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1 million 16,1 ming nafarga yetishi kutilmoqda.

2050 yilda esa tug‘ilishlar soni 1 million 234,1 ming nafarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bu 2025 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 354,5 ming nafar yoki 40,3 foiz ko‘pdir.

Qaysi hududlar yetakchi?

Hududlar kesimida tug‘ilishlar sonining o‘sish sur’ati Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Ularda 2050-yilgacha o‘sish mos ravishda 62 va 61 foizni tashkil etishi prognoz qilingan.

Keyingi o‘rinlarda Andijon viloyati 48,6 foiz, Samarqand viloyati 43,3 foiz va Namangan viloyati 42,4 foiz ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti esa o‘rta muddatda biroz pasayib, keyin yana o‘sishi kutilmoqda. 2030 yilda u 21,2 promille bo‘lishi, 2050-yilda esa 21,9 promillega yetishi prognoz qilingan.

Infratuzilmaga bosim ortadi

Hududlar orasida tug‘ilishning eng yuqori umumiy koeffitsiyenti Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilishi ehtimoli yuqori. Ularda bu ko‘rsatkich mos ravishda 24,7 va 23,8 promilleni tashkil etishi kutilmoqda.

Mutaxassislar demografik o‘sish ta’lim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, uy-joy va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, mehnat bozori infratuzilmasiga ehtiyoj ham ortishi mumkin.

Prognozlar davlatga kelgusidagi ehtiyojlarni oldindan baholash, resurslarni samarali taqsimlash va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalashtirish imkonini beradi.

Теглар

Мавзуга оид