O‘zbekistondan Yaqin Sharqqa aviareyslar to‘xtatildi

Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab O‘zbekistondan BAA, Saudiya Arabistoni, Eron va yana uchta davlatga parvozlar to‘xtatildi.

O‘zbekistondan Yaqin Sharqqa aviareyslar to‘xtatildi

Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan O‘zbekiston aeroportlaridan qator davlatlarga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarning Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron, Quvayt hamda Isroil aeroportlariga amalga oshiradigan reyslari vaqtincha to‘xtatiladi.

Joriy etilgan cheklovlarning qachongacha davom etishi hozircha noma’lum.

Xabarga ko‘ra, ayni paytda, 2026 yilning 28-fevraliga qadar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha jo‘nab ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida maxsus reyslar tashkil etilmoqda.

«Ushbu reyslar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun faqatgina aviakompaniyalarning vakolatxonalariga va ularning rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga (ishonch telefonlariga) murojaat qilish lozim» , — deyiladi xabarda. 

Shuningdek, kompaniya turli tushunmovchiliklar va moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida yo‘lovchilarni faqat rasmiy xabarlarga tayanishga chaqirdi.

Теглар

Мавзуга оид