Logo

O‘zbekistonga yarim yil davomida 6,5 milliondan ortiq sayyoh keldi

Бугун 18:361 дақиқа

2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 25 foizga oshdi. Mamlakatga kelgan har uch sayyohdan qariyb ikkitasi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonga yarim yil davomida 6,5 milliondan ortiq sayyoh keldi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 6 565 410 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga kelgan sayyohlarning asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan mehmonlar soni jami 4,9 million nafardan oshib, umumiy turistik oqimning katta qismini tashkil etdi.

Shuningdek, bu yilgi umumiy turistlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 million nafarga yoki 24,9 foizga ko‘p.

Qaysi davlatlar yetakchi?

Fuqarolari O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan davlarlar TOP-10:

Qirg‘iziston — 1 875 332 nafar;

Qozog‘iston — 1 553 688 nafar;

Tojikiston — 1 471 670 nafar;

Rossiya — 585 558 nafar;

Afg‘oniston — 238 925 nafar;

Xitoy — 223 479 nafar;

Turkmaniston — 164 211 nafar;

Turkiya — 95 466 nafar;

Hindiston — 26 450 nafar;

Germaniya — 22 294 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning 5 oyida O‘zbekistonga 5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgandi.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonga yarim yil davomida 6,5 milliondan ortiq sayyoh keldi | Vaqt.uz