Logo

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Бугун 12:351 дақиқа

Birinchi elchi sifatida tayinlangan Ashraf Xodjayev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi © Dunyo AA

O‘zbekistonning Efiopiyaga tayinlangan birinchi elchisi tayinlandi Ashraf Xodjayev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Efiopiya Prezidenti O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarshi oldi. U ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanishi va amaliy hamkorlikning yanada kengayishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston elchisi o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklari va samimiy salomini yetkazdi hamda o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Efiopiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va o‘zining ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Ma’lumot uchun, Ashraf Xo‘jayev 2024 yil fevralidan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi hisoblanadi. U 2025 yil oktabridan e’tiboran o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi elchisi sifatida ham akkreditatsiyadan o‘tgan. Endi u O‘zbekistonning Efiopiyadagi elchisi vazifasini ham bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1996 yil 15-iyulda o‘rnatilgan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi | Vaqt.uz