Prezident universitet rektorlarini ogohlantirdi

Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi keskin tanqid qilinib, rektorlar faoliyatiga jiddiy savollar qo‘yildi.

Prezident universitet rektorlarini ogohlantirdi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvi davomida oliy ta’lim muassasalari faoliyati keskin tanqid qildi. Davlat rahbari bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasida ayrim rektorlarning sustkashligini ochiq tilga oldi.

«Respublikada 157 ta oliygohdan atigi 12 tasi bitiruvchilar bilan loyiha qilib, bank krediti orqali 100 nafardan ortiq talabani tadbirkor qildi. Qolgan rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi? Nimaga oylik olayapti?» — dedi davlat rahbari.

Prezident rektorlar nega maosh olayotgani, nima uchun talabalarni ishli qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani haqida savol qo‘ydi. «To‘rt-besh yil o‘tirib, talabani ishli qilmagan rektor lavozimda o‘tirishga haqlimi?» deya keskin munosabat bildirdi.

Umumiy o‘rta ta’limdagi muammolar

Uchrashuvda ta’lim sifati ham tanqid qilindi. Davlat rahbari nima uchun oliygohni bitirgan yoshlarning 100 foizi ish bilan ta’minlanmayotgani, maktabni 11 yil tamomlagan o‘quvchi bitta xorijiy tilni mukammal o‘rganmayotgani haqida e’tiroz bildirdi.

Shuningdek, maktab direktorlari va o‘qituvchilar zimmasidagi mas’uliyatga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Prezident yangi O‘zbekiston sharoitida har bir rahbar va mutaxassis o‘z ustida ishlashi, natija uchun javobgarlikni his qilishi shartligini ta’kidladi.

Muloqot davom etmoqda va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan takliflar ko‘rib chiqilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид