Prezidentga eng ko‘p murojaat qaysi hududdan yuborilayotgani ma’lum qilindi
2026 yilning 11–17-may kunlari davomida Prezident Xalq qabulxonalariga jami 12 448 ta murojaat kelib tushgan.

Prezident Xalq qabulxonasining ma’lum qilishicha, 2026 yilning birinchi choragida hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtdan 40 976 ta murojaat yuborilgan. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati — 32 386 ta va Surxondaryo viloyati — 29 412 ta murojaat bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatidan 27 759 ta, Samarqand viloyatidan 25 868 ta va Farg‘ona viloyatidan 22 407 ta murojaat kelib tushgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 20 807 tani, Namanganda esa 18 251 tani tashkil etgan.
Qolgan hududlar orasida Jizzax viloyatidan 15 483 ta, Xorazm viloyatidan 14 744 ta, Buxoro viloyatidan 12 879 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 12 361 ta murojaat yuborilgan. Navoiy viloyatida 11 728 ta, Sirdaryo viloyatida esa 11 054 ta murojaat qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijdagi yurtdoshlardan ham 126 ta murojaat kelib tushgan.
Aholi soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar
Aholi soniga nisbatan hisoblanganda, har 10 ming nafar aholiga eng ko‘p murojaat Toshkent shahrida qayd etilgan — 129 ta. Keyingi o‘rinlarda Sirdaryo viloyati — 117 ta va Navoiy viloyati — 105 ta murojaat bilan joylashgan.
Shuningdek, Jizzax viloyatida bu ko‘rsatkich 99 ta, Surxondaryo viloyatida 98 ta, Toshkent viloyatida 88 ta va Qashqadaryo viloyatida 87 tani tashkil etgan.
Eng ko‘p qaysi idoralar bo‘yicha murojaat kelgan?
Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 26 077 ta;
Majburiy ijro byurosi — 24 889 ta;
Ichki ishlar vazirligi — 22 623 ta;
Energetika vazirligi — 17 791 ta;
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 12 699 ta;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 12 152 ta;
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 11 444 ta;
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi — 10 546 ta;
Bosh prokuratura — 9 462 ta;
Markaziy bank va tijorat banklari — 8 549 ta;
Oliy sud — 6 343 ta;
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi — 5 453 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 4 796 ta;
Soliq qo‘mitasi — 4 296 ta;
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi — 3 831 ta;
«O‘zsuvta’minot» AJ — 3 459 ta;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 3 115 ta.





