Psixologiya: davo yoki biznes?

Bugungi kunda psixologik yordam olish ijtimoiy zaruriyatga aylanmoqda. Biroq, xususiy sektorda xizmat narxlarining keskin farqlanishi jamoatchilik orasida turli savollarni tug‘dirmoqda. Ayrim mutaxassislarning bir soatlik konsultatsiyasi o‘rtacha ish haqidan bir necha barobar yuqori. VAQT.UZ millionlar aylanayotgan psixologiya bozoridagi narxlarni tahlil qildi.

Bozordagi holat: Talab va taklif mutanosibligi

O‘zbekistonda psixologik xizmatlar bozori yendi shakllanmoqda. Hozircha sohani tartibga soluvchi yagona davlat reyestri va narxlarni belgilovchi mezonlar mavjud yemas. Natijada, xizmat haqi ko‘p hollarda mutaxassisning bilim va tajribasidan ko‘ra, uning shaxsiy brendi va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligiga qarab belgilanmoqda.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga yega va ochiq manbalarda narxlarini ye’lon qilgan mutaxassislarning konsultatsiya narxlari quyidagicha:

Maryam Mahmudova — 606K obunachi, konsultatsiya narxi: 26 mln so‘m.

Dilrabo Norqulova (Layf Kouch) — 462K obunachi, konsultatsiya narxi (2-3 soat uchun): 2000 dollar.

Dilrabo Isroilova — 876K obunachi, konsultatsiya narxi: 12,5 mln so‘m.

Nargiza Sattorova — 348K obunachi, konsultatsiya narxi: 10 mln so‘m.

Azizaxon Toshxo‘jayeva — 532K obunachi, konsultatsiya narxi: 3 mln so‘m.

Imon Ahmedova — 274K obunachi, konsultatsiya narxi: 3,64 mln so‘m.

Shoira Isoqova — 256K obunachi, konsultatsiya narxi: 500 ming so‘m.

Dilshod O‘tarov — 232K obunachi, konsultatsiya narxi: 1,2 mln so‘m.

Muxtasar Nazarova — 291K obunachi, konsultatsiya narxi: 2 mln so‘m.

Umida Qodirova — 302K obunachi, konsultatsiya narxi: 100 dollar.

Taqqoslash uchun, mamlakatimizda o‘rtacha oylik ish haqi 6,4 million so‘mni tashkil yetadi. Bu yesa xususiy sektordagi ayrim xizmatlar aholining katta qismi uchun moliyaviy jihatdan qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini anglatadi.

Klinik psixologlar davlat nazoratidagi muassasalarda faoliyat yuritgani bois, ularning narxlari nisbatan barqaror (250 mingdan 1 mln so‘mgacha). Xususiy sektorda esa xizmat sifatini baholash tizimi hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. O‘zbekiston Psixologlar Uyushmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bozorni tartibga soluvchi va psixologlarning malakasini baholash bo‘yicha tegishli qaror 2024-yil 5-noyabrda Prezident tomonidan qabul qilingan bo‘lib, hozirda uni amalga oshirish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirilmoqda yekan.

Masalaning yana bir tomoni ham bor. Ko‘plab psixologik konsultatsiyalar to‘lovlari shartnoma asosida, naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshiriladi. Biroq mijozlar orasida tez-tez paydo bo‘layotgan savollardan biri — ushbu xizmatlar rasmiy hisobga olinadimi va ulardan soliq to‘lanadimi?

Chunki xizmat narxi yuqori bo‘lgan bozorda moliyaviy shaffoflik masalasi ham muhim ahamiyat kasb yetadi. Agar xizmatlar rasmiy tartibda ko‘rsatilsa, bu nafaqat mijoz huquqlarini himoya qiladi, balki bozorning aniq statistikasi va adolatli soliq tizimini shakllantirishga ham yordam beradi.

Hozircha psixologik xizmatlar bozorida to‘lovlar shaffofligi va ularning rasmiy hisobga olinishi masalasi ochiq savolligicha qolmoqda.

Psixologik xizmatlar bozorida shaffoflikni ta’minlash — ham mutaxassis, ham mijoz uchun manfaatli. Narxlarning yuqoriligi mutaxassisning noyob tajribasi bilan bog‘liqmi yoki shunchaki marketing natijasimi, buni iste’molchi o‘zi tahlil qilishi lozim. Psixologik yordam olish yoki olmaslik har kimning shaxsiy tanlovi.

Biz shunchaki real raqamlarni ochiqladik. Psixologik yordam — bu jamiyat uchun zarur xizmat. Hozirgi holatda yesa psixologik xizmatlar bozorida shaffoflik va adolat hozircha yo‘q — va bu har birimizga bevosita ta’sir qiladi.

Теглар

Мавзуга оид