Qaysi banklar tadbirkorlarga past foizda kredit bermoqda?

Бугун 17:041 дақиқа

Markaziy bank ilk bor yuridik shaxslar uchun kredit stavkalari haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qaysi banklar tadbirkorlarga past foizda kredit bermoqda?

O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 20-aprel holatiga ko‘ra, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini e’lon qildi. Ushbu ma’lumotlar biznes va tadbirkorlar uchun qaysi banklarda kreditlar nisbatan arzon ekanini ko‘rsatib berdi.

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari 21 foizdan 30,3 foizgacha bo‘lgan. Bu segmentda eng past stavka “Milliy bank”da (21 foiz), “KDB bank”da (21,5 foiz) va “Xalq banki”da (22,1 foiz) kuzatilgan. Eng yuqori foizlar esa “TBC bank” (30,3 foiz), “Kapitalbank” (29,8 foiz) va “Poytaxt bank” (29,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu turdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 25,4 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu biznes uchun aylanma mablag‘larni jalb qilishda nisbatan yuqori xarajatlar saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

1

Asosiy vositalarni xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlarda esa foizlar biroz pastroq. Bu yo‘nalishda stavkalar 19,8 foizdan 29,5 foizgacha bo‘lgan. Eng arzon kreditlar “BRB” (19,8 foiz) va “Milliy bank” (20,3 foiz) tomonidan taklif etilgan.

Shu bilan birga, eng yuqori stavkalar “Universal bank” (29,5 foiz), “Dvar bank” (25,7 foiz) va “Hamkorbank” (25,1 foiz)da qayd etilgan. Umumiy hisobda, asosiy vositalar uchun kreditlarning o‘rtacha foizi 23,9 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mikrokredit va avtokredit stavkalarini eng qulay shartlarda taklif qilayotgan banklar haqida ma’lumot berilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид