Logo

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past?

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026-yil 26-noyabr holatiga aholiga ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 27,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,9 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 27,5 va 22 foizni tashkil etgandi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Mikrokreditbank»da qayd etilgan — 21,8 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Asaka bank» — 22,3 foiz, «Trastbank» — 23,9 foiz, «Infinbank» — 24 foiz va «SQB» — 24,1 foiz bilan joylashgan.

Mikroqarz stavkalari «Asia Alliance bank»da 24,2 foiz, «Milliy bank»da 24,8 foiz, «Aloqabank»da 25 foiz, «Xalq banki» va «Universal bank»da 25,1 foiz, «Agrobank»da 25,3 foizni tashkil etmoqda. «Kapital bank»da stavka 27 foiz, «Poytaxt bank» va «OFB»da 27,5 foizga teng.

«BRB»da mikroqarz stavkasi 29,2 foiz, «Hamkorbank»da 29,7 foiz, «Apex bank»da 31 foiz va «Garant bank»da 31,1 foizni tashkil etmoqda. «Ipoteka bank»da bu ko‘rsatkich 32,3 foiz, «TBC bank»da 33,6 foiz, «Anor bank»da 34 foiz, «Davr bank»da 34,6 foizga teng.

Yuqoriroq stavkalar «Tenge bank»da 35,4 foiz, «Ipak yuli bank»da 36 foiz, «Uzum bank»da 38 foiz va «AVO bank»da 39,9 foiz bilan qayd etilgan.

1

Manba: Markaziy bank


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Asaka bank»da — 19 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» — 19,4 foiz, «Aloqabank» — 20 foiz va «Apex bank» — 20,5 foiz bilan joylashgan.

«Milliy bank»da avtokredit stavkasi 21,1 foiz, «Asia Alliance bank»da 21,4 foiz, «SQB»da 21,5 foiz va «Mikrokreditbank»da 21,6 foizni tashkil etmoqda. «TBC bank»da bu ko‘rsatkich 21,9 foiz, «Ipak yuli bank»da 22 foiz, «Turon bank»da 22,2 foizga teng.

«OFB»da avtokredit stavkasi 22,6 foiz, «Poytaxt bank»da 22,7 foiz, «Trastbank»da 23,4 foiz va «Garant bank»da 24,3 foizni tashkil etmoqda.

Boshqa banklarda avtokredit stavkalari «Davr bank»da 25,6 foiz, «Hamkorbank»da 27,8 foiz, «Agrobank»da 28 foiz va «Anor bank»da 29,7 foizga yetgan.

2

Manba: Markaziy bank


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘g‘uliston banki O‘zbekistonning mikroqarz bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид