Logo

Qimmat go‘sht, quriyotgan yaylovlar va million yevrolik “lotoreya” fojiasi | Fikr vaqti

Hurmatli tomoshabin, dastur avvalida sizni bozorga, bozor bo‘lgandayam dehqon bozoriga taklif qilmoqchiman. Yo‘q, hozir studiyadan chiqiboq, bozorga qarab ketmoqchi emasman, albatta. Shunchaki tasavvurlarni ishga solamiz va o‘zingizni bir necha soniyaga dehqon bozorining go‘sht rastalari qatorida deya tasavvur qiling. Endi qassobning yoniga go‘sht narxini so‘rash uchun yaqinlashing.

Qassob aytgan aytgan narxni eshitarkansiz, summa juda qimmatligi, rejalab kelgan kilogramingizdan kamroq olib turishga majbur bo‘lishingizni o‘ylab qoldingiz, a? Har holda oxirgi vaqtlarda bizga tez-tez kelib turadigan murojaatlar mazmunida shu haqda – go‘sht juda qimmatlab ketdi.
 
Xo‘sh, bu qassoblarning insofi bilan bog‘liqmi yoki ozuqa narxi bilan? Balki masala umuman boshqa – mintaqadagi cho‘llanish bilan bog‘liq jihatdir. Fikr vaqti dasturining navbatdagi suhbatdoshi o‘zining Germaniyadagi faoliyati va O‘zbekiston bo‘yicha kuzatuvlari bilan go‘sht va sut mahsulotlari narxi balandigida bir qator omillarni sabab sifatida ko‘radi.
 
Mehmonimiz asli sirdaryolik bo‘lgan va hozirda Germaniyada yashab, shu mamlakatda yuzga yaqin fermerga chorvachilik sohasida o‘z maslahatlarini berib keluvchi mutaxassiz Jahongir Omonov.

Теглар

Илёс Сафаров

Илёс СафаровМақолалар сони: 96

Барчаси

Мавзуга оид

Qimmat go‘sht, quriyotgan yaylovlar va million yevrolik “lotoreya” fojiasi | Fikr vaqti | Vaqt.uz