Logo

QQSga o‘tishning yangi tartibi qanday qo‘llanadi?

Бугун 09:291 дақиқа

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi bo‘lishi uchun belgilangan yangi tushum chegarasi bo‘yicha izoh berdi.

QQSga o‘tishning yangi tartibi qanday qo‘llanadi? © Davlat soliq qo'mitasi

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning QQS to‘lovchisi bo‘lishi uchun belgilangan chegaraning oshirilishi yuzasidan izoh berdi.

Prezidentning 26-maydagi farmoni bilan 2026-yil 1-iyundan boshlab kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tishdagi chegaraviy miqdor amaldagi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirilgandi.

Soliq qo‘mitasida ta’kidlanishicha, yanvar-may oylarida aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan kompaniyalar QQS to‘lashga eski tartib bo‘yicha o‘tadi.

Iyun oyidan boshlab esa unga aylanma faqat 4,944 mlrd so‘mlik yangi chegaradan oshgandagina o‘tish mumkin.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, yangi chegara o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar uchun ixtiyoriy ravishda 6 foizlik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi. Shu bilan birga, ushbu rejimda foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi va soliq hisobotini topshirish bekor qilinadi.

Теглар

Мавзуга оид

QQSga o‘tishning yangi tartibi qanday qo‘llanadi? | Vaqt.uz