Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh mutaxassislari pora bilan qo‘lga tushdi

Бугун 09:341 дақиқа

Namangan viloyatida noturar bino uchun qurilish ruxsatnomasini olib berish evaziga 22 ming dollar talab qilgan mansabdorlar qo‘lga tushdi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh mutaxassislari pora bilan qo‘lga tushdi © DXX matbuot xizmati

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan noturar bino qurilishi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 22 ming AQSH dollari talab qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik hizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangi Namangan tumanida joylashgan ikki qavatli noturar bino uchun qurilish ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyiha hujjatlarini ijobiy hal qilish uchun mansabdorlar tadbirkorga noqonuniy talab qo‘ygan.

«Xizmat haqi» miqdori

Tergov materiallariga ko‘ra, ular joriy yil mart oyida tadbirkordan 7 ming AQSH dollarini olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan biri qolgan 15 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ikkinchi bosh mutaxassis ham protsessual tartibda qo‘lga olingan. Hozirda har ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид