Raqamli detoks va tabiat terapiyasi: Tuzkon ko‘li qirg‘oqlarida uyg‘onayotgan bahor — fotoreportaj
Bir guruh yoshlar Jizzax viloyatidagi Aydarko‘l tizimining bir qismi bo‘lgan Tuzkon ko‘li hududiga sayohat uyushtirdi. Vaqt.uz nashrining navbatdagi fotoreportaji gadjetlar va internet tarmog‘idan xoli, borliq va inson o‘rtasidagi ochiq muloqotga qurilgan sokin muhitni vizual kadrlar orqali hikoya qiladi.

Obyektiv nigohidagi bepoyon adirlar yashil tus olmoqda. Ko‘l uzra sokin parvoz qilayotgan qushlar va ufqqa bosh qo‘yayotgan quyosh manzarasi o‘ziga xos estetik kompozitsiya hosil qilgan. Ochiq osmon ostida, gulxan atrofida tayyorlangan taomlar, ko‘ngilochar o‘yinlar, yoshlarni bir davra atrofiga yig‘gan intellektual suhbatlar insonning tabiat bilan azaliy butunligini yodga soladi.
Kengliklar va tillarang shafaq fonida muhrlangan siluetlar ana shu go‘zal uyg‘unlikni tomoshabinga aniq yetkazib beradi. Shubhasiz, ona tabiat bag‘ridagi bunday maroqli onlar insonning ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yangi kuch, shijoat bilan yashashda davom etishiga yordam beradi.






















Теглар






