Rossiyada Putin topshirig‘i bilan VPN pullik bo‘lishi mumkin — «Forbes»

Кеча 22:541 дақиқа

Nashrning yozishicha, Raqamli rivojlanish vazirligi telekommunikatsiya operatorlaridan VPN xizmatlaridan foydalangan holda trafik uchun to‘lov olishni so‘ragan. Bu Putinning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

Rossiyada Putin topshirig‘i bilan VPN pullik bo‘lishi mumkin —  «Forbes»

Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish vazirligi mamlakat prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘i bilan aloqa operatorlaridan VPN xizmatlaridan foydalanilganda trafik uchun haq olishni so‘radi. Bu haqda «Forbes» manbalarga tayangan holda yozmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik rahbari Maqsut Shadayev ushbu so‘rovni 28-mart kuni yirik aloqa operatorlari bilan o‘tkazilgan yopiq yig‘ilishda bildirgan. Mulozim mobil tarmoqlarda oyiga 15 gigabaytdan ortiq xalqaro trafikdan foydalanishni tariflashni (pullik qilishni) taklif etdi. Ushbu tizim 1-mayga qadar ish boshlashi kerak.

Shu kunning o‘zida onlayn platformalar vakillari ishtirokida o‘tgan boshqa bir yig‘ilishda Shadayev ulardan VPN orqali kiruvchi mijozlar uchun o‘z xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini cheklashni talab qildi. «Kommersant»ning yozishicha, buni ta’minlamagan yirik platformalar «oq ro‘yxatlar»dan chiqarib yuborilishi mumkin.

Shuningdek, Shadayev kelajakda Rossiyada VPN’dan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkinligini inkor etmadi, lekin «busiz ham ishni hal qilishga» umid bildirdi.

«Forbes» ta’kidlashicha, barcha manbalar ushbu tashabbus prezidentning yopiq topshirig‘idan kelib chiqqan degan fikrda yakdil.

Rossiyada «Telegram» bloklanishi fonida VPN’ga bo‘lgan talab keskin oshdi. Hozirda bloklashlarni aylanib o‘tish uchun mo‘ljallangan turli ilovalar Rossiya «App Store»ning Top-10 taligidan sakkizta, «Google Play Market»da esa oltita o‘rinni egallab turibdi.

Teglar:

SEO title:

Meta description:

Теглар

Мавзуга оид