Samarqandda yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Бугун 14:551 дақиқа

Samarqandda issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan yerni sotib berish evaziga 50 ming dollar pora olgan shaxs tezkor tadbirda ushlandi.

Samarqandda yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi © DXX matbuot xizmati

Samarqand shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan oldindan til biriktirib, issiqxona tashkil qilish maqsadida ajratilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga sotib berish bo‘yicha kelishuv taklif qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yer maydoni fuqaroning turmush o‘rtog‘i nomiga ajratilgan bo‘lib, uni 490 ming AQSH dollariga sotish va mansabdor tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish va’da qilingan.

«Xizmat haqi»

Bu xizmat evaziga gumonlanuvchilar oldindan 50 ming AQSH dollari talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor kuzatuvlar natijasida pulni qabul qilish jarayoni nazoratga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida 1993 yilda tug‘ilgan shaxs 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda. Mutaxassislar yer uchastkalarini ajratish va sotish jarayonlari faqat E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali qonuniy amalga oshirilishini eslatmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotishga urinib, katta miqdorda pul talab qilgan vaqtda qo‘lga olingan edi.

Теглар

Мавзуга оид

Samarqandda yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi | Vaqt.uz