Samarqanddagi media haftalikda 700 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi

Бугун 18:101 дақиқа

Samarqanddagi media haftalik 700 dan ortiq ishtirokchini jamlab, 5 kun mobaynida 50 dan ziyod mavzu bo‘yicha 17 nafar ekspert ishtirokida intensiv trening va debatlarga boy dasturni taqdim etdi.

Samarqanddagi media haftalikda 700 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi © Фото: t.me/Rasmiy_axborot_official

Samarqand shahrida 27-apreldan 1-mayga qadar o‘tkazilgan media haftalik yakunlari e’lon qilindi. Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbir doirasida 700 dan ortiq ishtirokchi qamrab olingan.

Besh kun davom etgan ushbu loyiha media sohasi vakillari va ushbu yo‘nalishga qiziquvchi yoshlar uchun amaliy platformaga aylandi. Unda ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar ham berildi. Tadbirning keng qamrovi media sohasiga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Haftalik davomida 50 dan ortiq mavzu qamrab olindi. Jami 17 nafar malakali mentor ishtirokida debatlar va amaliy treninglar tashkil etildi.

Treninglar asosan kontent yaratish, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish va media strategiyalariga bag‘ishlandi. Bu mashg‘ulotlar ishtirokchilarning amaliy tajribasini oshirishga xizmat qildi.

Natijada media sohasiga 84 nafar mobilograf va 109 nafar SMM mutaxassisi kirib kelgani qayd etildi. Shuningdek, 300 nafarga yaqin kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar turli mashg‘ulotlar orqali qamrab olindi

Media haftalik doirasida o‘tkazilgan media forumda esa 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbir ochiq muloqot, tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun samarali maydon bo‘ldi.

Теглар

Мавзуга оид