Savdo aloqalari ikki barobar oshadi: Toshkent va Minsk yangi «yo‘l xaritasi»ni tayyorlamoqda

Minsk 2030 yilga qadar o‘zaro tovar aylanmasini ikki barobar oshirishni ulkan maqsad sifatida belgilagan.

Savdo aloqalari ikki barobar oshadi: Toshkent va Minsk yangi «yo‘l xaritasi»ni tayyorlamoqda

Belarus 2030 yilga qadar O‘zbekiston bilan tovar aylanmasini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb 1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Minsk bu ko‘rsatkichni keyingi besh yilda ikki barobarga oshirishni ulkan maqsad sifatida baholamoqda.

«Shubhasiz, O‘zbekiston Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi eng muhim va asosiy sheriklarimizdan biridir. Yuqori darajadagi ikki tomonlama hamkorligimizning asosi davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli muloqot bo‘lib, ular o‘rtasida yaxshi va do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan», — dedi Aleksandr Turchin.

Yangi loyihalar va «Yo‘l xaritasi»

Qayd etilishicha, tomonlar joriy yilda yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazilishini kutmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga kutilayotgan tashrifi arafasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlanmoqda.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, ikki davlat hamkorligi doirasida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

«Biz samarali ishlashga va ochiq muloqotga tayyormiz», — dedi Turchin.

Теглар

Мавзуга оид