Logo

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Ular ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan uchrashdi © Foto: president.uz

8-oktabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Armaniston ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat orasida o‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, O‘zbekistonda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.

Теглар

Мавзуга оид

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan uchrashdi | Vaqt.uz