Logo

So‘ngi 5 oyda 5 milliondan ortiq sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Бугун 17:301 дақиқа

Turistlari eng ko‘p kelgan TOP-10 davlatlar qatorida G‘arbiy Yevropa davlatlaridan biri Germaniya ham qayd etildi. Ushbu mamlakatdan jami 18 291 nafar sayyoh kelgan.

So‘ngi 5 oyda 5 milliondan ortiq sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurdi © afisha.uz

Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yilning boshidan may oyi oxiriga qadar O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida jami 5 351 868 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
 
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning aynan shu davriga nisbatan 1,1 mln nafarga yoki 27,3 foizga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga eng ko‘p qo‘shni Qirg‘iz Respublikasining jami 1 539 503 nafar aholisi sayyohlik maqsadida kelgan.
 
Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (1 246 689 nafar), Tojikiston (1 211 060 nafar) fuqarolari egallagan. Shuningdek, O‘zbekistonga turistlar eng ko‘p kelgan TOP-10 davlatlar qatorida G‘arbiy Yevropa davlatlaridan biri Germaniya ham qayd etilgan. Ushbu mamlakatdan jami 18 291 nafar sayyoh tashrif buyurgan.
 
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
Qirg‘iz Respublikasi – 1 539 503 nafar;
Qozog‘iston – 1 246 689 nafar;
Tojikiston – 1 211 060 nafar;
Rossiya – 465 885 nafar;
Afg‘oniston – 198 910 nafar;
Xitoy – 178 121 nafar;
Turkmaniston – 136 997 nafar;
Turkiya – 78 312 nafar;
Hindiston – 20 807 nafar;
Germaniya – 18 291 nafar.

Теглар

Мавзуга оид