Logo

TBC Bank Group OLX'ni rasman sotib oldi

2025 yilning avgust oyida Gruziyada yetakchi moliya xizmati guruhi va O‘zbekistonda eng yirik raqamli bank ekotizimlaridan biri hisoblanuvchi TBC Bank Group OLX Uzbekistan nazorat paketini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

TBC Bank Group OLX'ni rasman sotib oldi © vaqt.uz

Raqobat qo‘mitasi Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan TBC Bank guruhiga aloqador Tapuz Limited kompaniyasining OLX Classifieds MCHJ XKning (OLX savdo belgisi ostida onlayn reklama xizmatlarini ko‘rsatuvchi raqamli platforma) 100 foiz ulushini sotib olishga rozilik berdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bu bitimga rozilik berish jarayonida Tapuz Limited kompaniyasining asosiy aksiyadori bo‘lgan TBC Bank Group PLC kompaniyasi O‘zbekistonda TBC Bank raqamli tijorat banki hamda Payme onlayn to‘lov xizmatiga bilvosita egalik qilishi, shuningdek, Payme AJ va OLX Classifieds MCHJ XK raqamli platformalar sohasida ustun mavqega ega korxonalar ro‘yxatiga kiritilganligi inobatga olingan.

Shu bilan birga, Tapuz Limited kompaniyasi O‘zbekistonda onlayn reklama xizmatlari sohasida faoliyat yurituvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondida ulushga ega emasligi aniqlangan.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi Tapuz Limited kompaniyasiga bir qator talablar qo‘ygan. Jumladan:

— TBC Bank Group PLC nazoratidagi raqamli platformalar OLX xizmatlariga bir tomonlama yoki asossiz tarzda ta’sir ko‘rsatmasligi;

— OLX platformasida to‘planadigan ma’lumotlardan raqobatni cheklash maqsadida foydalanish, ularni oshkor qilish yoki boshqa tijorat maqsadlarida noqonuniy ishlatish;

— TBC Bank va Payme bilan bog‘liq tuzilmalar OLX foydalanuvchilari yoki raqobatchi kompaniyalar mijozlarining shaxsiy yoki tijorat ma’lumotlaridan raqobatga zid maqsadlarda foydalanmasligi;

— OLX platformasida to‘lov qilish jarayonida foydalanuvchilar faqat Payme yoki TBC Bank ilovalaridan foydalanishga majbur qilinmasligi;

— Barcha raqobatchi to‘lov xizmatlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishi ta’minlanishi shart etib qo‘yildi.

Bundan tashqari, barcha ishtirokchi tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Raqobat to‘g‘risidagi Qonuni 18-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga to‘liq rioya etishi majburiy hisoblanadi

Ma’lumot uchun, Tapuz Limited — korxonalarga investitsiya kiritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi (holding) tashkilot hisoblanadi. OLX Group esa hozirgi kunda 30 ga yaqin mamlakatda onlayn savdo va xizmat ko‘rsatish platformalarini boshqarib kelmoqda. Uning tarkibiga OLX, Otomoto va Property24 kabi brendlar kiradi. Prosus esa texnologiya sohasida dunyodagi eng yirik investorlardan biri sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil avgust oyida TBC Bank Group OLX Uzbekistan aksiyalarining nazorat paketini sotib bolish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi qo‘lga kiritdi. Bitim Titan Investments xalqaro investitsiya holdingi bilan qo‘shma korxona orqali amalga oshirilgan. Shartnomaga ko‘ra, OLX Uzbekistan aksiyalarining 100 foizi QKga o‘tadi. TBC nazorat paketini (50 foiz + 1 aksiya), Titan Investments esa qolgan ulushni oladi.

Теглар

Мавзуга оид