«Telegram»dagi yozishmalar xorijiy razvedkaga ochiqmi?

20.02.2026 | 15:451 дақиқа

Kompaniya Rossiyaning xorijiy razvedka idoralari messenjer yozishmalariga kirish huquqiga ega ekani haqidagi iddaolarini rad etdi.

«Telegram»dagi yozishmalar xorijiy razvedkaga ochiqmi?

«Telegram» Rossiya rasmiylarining «shifrlash buzilgani bo‘yicha hech qanday dalil topilmagan»ini, bunday ayblovlar platforma faoliyatini taqiqlashni oqlashga qaratilganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar qildi. Ayni paytda Rossiya rasmiy idoralari, jumladan Kreml va mudofaa vazirligi ham «Telegram» orqali axborot tarqatishda davom etmoqda.

Rossiyaning munosabati

Rossiya raqamli texnologiyalar vaziri Maksim Shadayevning xorijiy razvedka «Telegram»dagi yozishmalarga kirish imkoniyatiga ega ekanini aytgandi. Vazir bu ma’lumotni huquq-tartibot idoralari tasdiqlaganini da’vo qilgan.

Shadayev, shuningdek, messenjer orqali tarqatilgan ma’lumotlar «jangovar harakatlar doirasida» Rossiya harbiylariga qarshi ishlatilganini ta’kidladi. Biroq u harbiylar ilovadan foydalanishda davom etishi mumkinligini, chunki yozishmalar funksiyasi cheklanmaganini ham qo‘shimcha qildi.

Vazir «Telegram» noqonuniy materiallarni bloklash bo‘yicha 150 mingta so‘rovni e’tiborsiz qoldirganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan buyon messenjer orqali 150 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shulardan 30 mingdan ziyodi qo‘poruvchilik va teraktlar bilan bog‘liq.

«Telegram» esa bunday ayblovlar platformaning texnik xavfsizlik tizimiga to‘g‘ri kelmasligini bildirib, foydalanuvchilar ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini qayd etgan.

Теглар

Мавзуга оид