Toshkentda madaniyat sohasi bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkaziladi

Кеча 21:251 дақиқа

Toshkentda 20–25-aprel kunlari madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, unda dolzarb muammolar va yangi tashabbuslar muhokama qilinadi.

Toshkentda madaniyat sohasi bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkaziladi

2026 yilning 20–25-aprel kunlari poytaxtda madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan keng qamrovli ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Unda Prezident administratsiyasi vakillari, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda qator vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, sohani tubdan isloh qilish va uning rivojlanish strategiyasini belgilash maqsadida o‘tkazilmoqda. Tadbirlar oldindan tasdiqlangan jadval asosida turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi.

Jumladan, muloqotlar kino va animatsiya, teatr va sirk, adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, madaniy meros, blogerlik va bolalar kontenti kabi sohalarni qamrab oladi. Shuningdek, madaniyat va san’at ta’limi ham alohida e’tibor markazida bo‘ladi.

Ochiq muloqotlar davomida sohadagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy taklif va tashabbuslar qabul qilinadi. Eng muhim va dolzarb g‘oyalar mualliflari davlat rahbari ishtirokidagi alohida yig‘ilishga taklif etilishi mumkin.

Tadbirlarda ishtirok etish istagida bo‘lganlar uchun oldindan @mv_ochiqmuloqot_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar cheklangani sababli, ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar uchrashuvlarga kiritilmaydi.

Теглар

Мавзуга оид