Tramp: "Kuba tez orada qulashi mumkin"

07.03.2026 | 17:451 дақиқа

Donald Tramp Kubadagi vaziyat tez orada keskin o‘zgarishi mumkinligini bildirib, orolga davlat kotibi Marko Rubioni yuborish niyati borligini ma’lum qildi.

Tramp: "Kuba tez orada qulashi mumkin"

AQSH prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Vashington tashqi siyosatdagi e’tibor doirasini kengaytirmoqda va bu jarayon Kubadagi vaziyatni ham qamrab olishi mumkin.

“Kuba tez orada qulashi mumkin. Men Markoni u yerga yuborishga qaror qildim. Bizda vaqt yetarli, ammo Kuba bu holatga allaqachon tayyor”, — dedi Tramp.

Biroq u “qulashi” deganda aniq nimani nazarda tutayotganiga izoh bermadi.

Kubalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan Marko Rubio uzoq yillardan beri Kubada siyosiy o‘zgarishlar zarurligini ta’kidlab keladi. U Gavanadagi hukumatni tanqid qilib, orolda demokratik islohotlar o‘tkazilishi tarafdori sifatida tanilgan.

Tramp tashqi siyosatga doir mulohazalari davomida yoqilg‘i narxlari bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, bozordagi o‘sish xavotirli darajada emas va holat nazorat ostida saqlanmoqda.

Теглар

Мавзуга оид