Trampdan so‘nggi ogohlantirish: Eron neft tizimi portlatmoqchi

Бугун 08:252 дақиқа

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron neft tizimi yaqin kunlarda portlash darajasiga kelishini ma’lum qildi. Dengiz blokadasi tufayli xomashyo eksport qila olmayotgan Tehron uchun muzokara maydoni torayib bormoqda.

Trampdan so‘nggi ogohlantirish: Eron neft tizimi portlatmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp «Fox News» telekanaliga bergan intervyusida Eronning neft infratuzilmasiga ehtimoliy zarba berilishiga taxminan uch kun qolganini ma’lum qildi. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, davom etayotgan dengiz qamali va xomashyoni eksport qilish imkoniyati yo‘qligi sababli Eron neft tizimi jismoniy vayron bo‘lish yoqasida turibdi.

«Uch kundan keyin u shunchaki portlaydi», — deya ogohlantirdi Tramp.

Uning baholashicha, ayni damda muzokaralardagi barcha ustunlik va «ko‘zirlar» AQSH tomonida.

Tramp muzokaralar jarayoni bo‘yicha ham keskin bayonot berdi. Endi AQSH delegatsiyasi Eron bilan muloqot qilish uchun Pokistonga bormaydi. Agar Tehron muzokaralarni davom ettirish niyatida bo‘lsa, uning vakillari AQSHga uchib kelishi yoki shunchaki qo‘ng‘iroq qilishi kerakligi aytildi. Bu Vashingtonning Eronga nisbatan «maksimal bosim» siyosati yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.

 

Vashingtondagi suiqasd

Ushbu keskin bayonotlar Vashingtondagi «Washington Hilton» mehmonxonasida sodir bo‘lgan otishma fonida yangramoqda. Eslatib o‘tamiz, Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki ovqati vaqtida kaliforniyalik 31 yoshli o‘qituvchi Koul Allen nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilgan edi. Otishma natijasida Maxfiy xizmatning bir xodimi yaralangan, biroq prezident va uning turmush o‘rtog‘i shoshilinch evakuatsiya qilinishi natijasida sog‘-omon qolgan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan Koul Allen o‘z ko‘rsatmasida Oq uy ma’muriyati a’zolariga suiqasd qilishni rejalashtirganini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy nishon shaxsan Trampning o‘zi bo‘lmagan, balki ma’muriyatning boshqa yuqori martabali vakillari edi.

Shunga qaramay, Tramp bo‘lib o‘tgan brifingda o‘zini hujumchining asosiy nishoni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Ushbu hodisa AQSH ichkarisida xavfsizlik choralarini kuchaytirish bilan birga, tashqi siyosatdagi keskinlikni ham oshirmoqda.

Теглар

Мавзуга оид