Logo

Ufq qizargan palla: Toshkentliklar yozgi oqshomni qanday o‘tkazmoqda? (Fotoreportaj)

Бугун 19:552 дақиқа

Quyosh botishi arafasida Mustaqillik maydoni shahar ahli va sayyohlar bilan to‘la bo‘ladi. Favvora suvidagi serjilo akslar, esdalik uchun suratga tushayotgan yoshlar va gavjum xiyobon manzaralari. «Vaqt.uz» fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva Toshkent oqshomining go‘zal lahzalarini bir sahifaga jamladi.

Ufq qizargan palla: Toshkentliklar yozgi oqshomni qanday o‘tkazmoqda? (Fotoreportaj) © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Toshkentning yozgi oqshomlarida o‘ziga xos tarovat bor. Ayniqsa, quyosh botishi arafasida kunlik tashvishlar va shahar shovqini biroz orqaga chekinib, o‘rnini xiyobonlardagi mayin shabada hamda odamlarning xotirjam suhbatlari egallaydi. Mustaqillik maydonidagi ulkan favvoralar atrofida esa hayot qaynay boshlaydi.

Favvora suvida jilolanayotgan shafaq nurlari atrofga o‘zgacha tarovat baxsh etadi. Bu yerda esdalik uchun suratga tushayotgan yoshlar, farzandlarining shodon qiyqiriqlaridan zavqlanib sayr qilayotgan ota-onalar va skameykada oqshom salqinidan bahra olayotgan keksalarni uchratish mumkin.

Sayyohlar uchun ham bu palla poytaxt bilan yaqindan tanishish uchun eng qulay fursatdir. Shaharning tungi chiroqlari yonishi arafasida, osmon qizg‘ish va feruza ranglarga burkangan bir vaqtda keng xiyobonlar bo‘ylab qilingan sayr kishiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.

Toshkentning odatiy, ammo har gal yangicha manzaralar kashf etiladigan yozgi oqshomi qanday o‘tmoqda? Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan fotoreportaj orqali poytaxtliklarning samimiy va jonli lahzalariga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

1

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

2

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

3

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

4

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

5

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

6

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

7

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

8

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

9

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

10

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

11

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

12

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

13

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

14

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

15

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

16

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

17

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

18

Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Теглар

Жавҳар Чоршанбиева

Жавҳар ЧоршанбиеваМақолалар сони: 26

Барчаси

Мавзуга оид