Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?

O‘zbekistonda Markaziy banki banklar kesimida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda? © istock

O‘zbekiston Markaziy bankining 2026 yil 1-iyun holatiga ko‘ra, aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasini e’lon qildi. Yangi haftada ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,1 foizni tashkil etgan. Reytingda banklar o‘rtasidagi farq sezilarli bo‘lib, eng past va eng yuqori stavkalar o‘rtasida 7 foizdan ortiq tafovut kuzatilmoqda.

Eng past ipoteka foiz stavkasini 19,2 foiz bilan «Milliy bank» taklif qilmoqda. Shuningdek, «Orient Finans bank»da ipoteka krediti 20,0 foiz, «Aloqabank»da 20,8 foiz va «SQB»da 20,9 foizdan ajratilmoqda. «Ipoteka bank» 21,7 foiz, «Hamkorbank» 21,9 foiz stavka bilan ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda.

O‘rta diapazondagi banklar qatoriga «Agrobank» (22,6 foiz), «BRB» (22,7 foiz), «Xalq banki» (23,1 foiz) va «Ipak Yuli banki» (23,4 foiz) kiradi. Shuningdek, «Asakabank» 24,2 foiz, «Infinbank» 24,5 foiz, «Trastbank» va «Mikrokreditbank» esa 24,6 foiz stavka bilan ipoteka kreditlarini taklif etmoqda.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foiz va undan yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Jumladan, «Open bank» 25,0 foiz, «Turon bank» 25,9 foiz hamda «Universal bank» va «Asia Alliance bank» 26,0 foiz stavkada ipoteka kreditlarini ajratmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich esa 26,3 foiz bilan «Davr bank» hissasiga to‘g‘ri kelgan.

0

Manba: Markaziy bank


Eslatib o‘tamiz, avvalroq tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari haqida ma’lumot bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид