Logo

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiyaga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

XOQ prezidenti hukumat xatti-harakatlari uchun sportchilar jabr ko‘rmasligi kerakligini ta’kidladi. O‘zgartirilgan qarorlar natijasida rossiyalik sportchilar 2028-yilgi Los-Anjeles olimpiadasida qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiyaga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi © sportekspres

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiyaga nisbatan qo‘yilgan diskvalifikatsiyani bekor qildi va Rossiya sportchilariga olimpiadada o‘z mamlakatlari nomidan qatnashish huquqini berdi. Bu haqda «The Guardian» nashri xabar berdi.

Rossiya 2016-yildan beri doping qoidabuzarliklari, keyinchalik esa Ukrainaga bostirib kirishi tufayli olimpiadada o‘z bayrog‘i ostida qatnashishdan chetlatilgan. XOQ prezidenti Kirsti Koventri o‘tgan hafta sportchilar hukumatining xatti-harakatlari uchun jazolanmasligi kerakligini ta’kidladi va bir necha qarorlarni o‘zgartirdi.
 

Biz barcha sportchilar Olimpiya o‘yinlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini va hukumatining harakatlari uchun javobgar bo‘lmasligini ta’minlashni xohladik. Bu qaror rossiyalik sportchilarga sport musobaqalarida ishtirok etish imkonini beradi, ammo biz butun dunyo bo‘ylab zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlamaymiz», — dedi Koventri.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiyada sport tadbirlarni o‘tkazmasligini va Rossiya hukumati amaldorlarini o‘z tadbirlariga taklif qilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, rossiyalik sportchilar Xalqaro test agentligi tomonidan bir nechta doping testlaridan o‘tishi kerak bo‘ladi.
 
2024 yilgi Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarda va 2026-yilgi Milano-Kortinadagi qishki Olimpiada o‘yinlarda atigi 27 nafar rossiyalik sportchilar neytral sportchi sifatida ishtirok etdi.

Теглар

Мавзуга оид