Logo

Xiva va Buxoro o‘rtasida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Бугун 09:001 дақиқа

9-sentabrdan boshlab Xiva va Buxoro o‘rtasida 415 ta ekonom-klass o‘rindig‘iga ega yangi elektropoyezd harakatlanishni boshlaydi.

Xiva va Buxoro o‘rtasida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda © Foto: t.me/uzrailpassuz

Joriy yilning 9-sentabridan boshlab Xiva va Buxoro o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, qatnov tezyurar CRRC-Daliyan yo‘lovchi elektropoyezdida amalga oshiriladi. Uning tarkibi 5 ta vagondan iborat bo‘lib, jami 415 ta ekonom-klass o‘rindig‘i mavjud.

707-sonli «Xiva — Buxoro-1» elektropoyezdi seshanbadan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. Poyezd Xivadan soat 9:55 da yo‘lga chiqib, Buxoroga soat 14:32 da yetib boradi.

706-sonli «Buxoro-1 — Xiva» elektropoyezdi dushanbadan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. Poyezd Buxorodan soat 15:45 da yo‘lga chiqib, Xivaga soat 20:25 da yetib boradi.

14-sentabrdan boshlab, 701-sonli «Buxoro-1 — Toshkent» elektropoyezdi har dushanba kuni qatnaydi. (Soat 15:17 da yo‘lga chiqib, soat 21:22 da manzilga yetib boradi).

15-sentabrdan boshlab, 702-sonli «Toshkent — Buxoro-1» elektropoyezdi har seshanba kuni qatnaydi. (Soat 10:05 da yo‘lga chiqib, soat 15:17 da manzilga yetib boradi).

Yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi:

- 56-son Toshkent Janubiy — Xiva — - 8-sentabrdan;
- 58-son Toshkent Janubiy — Shovot — 10-sentabrdan;
- 127/128-son Andijon — Qo‘ng‘irot — 8-sentabrdan;
- 301-son Dushanbe — Toshkent — 15-sentabrdan;
- 6412-son Toshkent Janubiy — Xovos — 15-sentabrdan, har seshanba kuni;
- 6353-son Urganch — Nukus — 9-sentabrdan.

Теглар

Мавзуга оид