Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti atrofida siyosiy mojaro avj olmoqda

Бугун 18:571 дақиқа

Hatto uning Amerika vizasini bekor qilish bo‘yicha AQSH Davlat kotibi Marko Rubioga murojaat yo‘llangan.

Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi konserti atrofida siyosiy mojaro avj olmoqda

AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsertiga qarshi kampaniya boshlandi. 9-may kuni mashhur Brayton-Bich hududida o‘tishi kutilgan tadbir atrofida jiddiy bahs-munozaralar avj olgan.

Siyosatchilarning e’tirozi

Bir guruh mahalliy siyosatchilar xonandaning sahnaga chiqishiga keskin norozilik bildirib, konsertni bekor qilishni talab qilmoqda. Ular orasida Nassau okrugi rahbari va gubernatorlikka nomzod Bryus Bleykman, shuningdek, Nyu-York shtati Assambleyasi a’zolari Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasniylar bor.

Siyosatchilarning ta’kidlashicha, bunga xonandaning avvalroq aytgan antisemitik ruhdagi bayonotlari sabab bo‘lgan. Usmonovaga o‘z so‘zlarini ommaviy ravishda inkor etish va uzr so‘rash taklif qilingan, biroq Usmonova bu talabni rad etgan.

Vizani bekor qilish talabi

Mojaro nafaqat konsertni bekor qilish, balki xonandaning Amerikaga kirish huquqini cheklash darajasiga ko‘tarildi. Faollar AQSH Davlat kotibi Marko Rubio nomiga rasmiy murojaat yo‘llab, Yulduz Usmonovaga berilgan barcha turdagi vizalarni bekor qilishni so‘ragan.

Bugun, 4-may kuni, Nyu-Yorkda mazkur masala bo‘yicha maxsus matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.

Hozircha xonandaning vakillari yoki konsert tashkilotchilari ushbu vaziyatga nisbatan rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.

Теглар

Мавзуга оид