Logo

AQSH 60 ta davlatga, jumladan Qozog‘iston va Rossiyaga yangi import bojlarini kiritdi

Bugun 18:522 daqiqa

Yangi bojlar 24-iyuldan kuchga kiradi.

AQSH 60 ta davlatga, jumladan Qozog‘iston va Rossiyaga yangi import bojlarini kiritdi

AQSH majburiy mehnat bilan bog‘liq vaziyat sababli 60 ta savdo hamkoriga, jumladan Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi. Bu haqda AQSH Savdo vakili boshqarmasi (USTR) e’lon qildi.

Yangi tariflar 2026 yil 24-iyuldan e’tiboran kuchga kiradi. Qaror 1974 yildagi Savdo to‘g‘risidagi qonunning 301-moddasiga muvofiq qabul qilingan. Bunga mazkur davlatlarning majburiy mehnat yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar importini taqiqlashni joriy etish va samarali ta’minlash imkoniyati yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Tarif stavkalari va asosiy davlatlar


AQSH Prezidentining ko‘rsatmasiga binoan, boj stavkalari davlatlarning majburiy mehnatga qarshi ko‘rayotgan choralariga qarab tabaqalashtirildi:

— Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy va Turkiya kabi tekshiruv o‘tkazilgan asosiy davlatlardan import qilinadigan barcha tovarlarga 12,5 foizlik boj stavkasi qo‘llaniladi.

— Majburiy mehnat importini taqiqlagan yoki bu bo‘yicha rasmiy majburiyat olgan 17 ta davlat, xususan Hindiston, Pokiston va Bangladesh uchun 10 foizlik stavka belgilandi.

— Yevropa Ittifoqi, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya va Shveysariya uchun ularning amaldagi savdo bojlarini (MFN) hisobga olgan holda maxsus formula asosida 10 foiz yoki 12,5 foiz stavka joriy qilindi.

Tariflardan ozod qilish uchun ichki ta’minot taqchilligini yoki iqtisodiy uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qator mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu istisnolar ro‘yxatiga ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, kimyoviy moddalar, tibbiyot vositalari, asbob-uskunalar va turli metallar kiritilgan.

Shuningdek, 2026 yil 24-iyul soat 00:01 ga qadar tranzit yo‘liga chiqqan va 28-iyulga qadar AQSH hududiga kirib kelgan tovarlar yangi tariflardan ozod qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid