Logo

AQSH Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kemalardan haq undirish qarorini bekor qildi

Bugun 13:251 daqiqa

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari yetakchilari bilan «samarali muzokaralar» o‘tkazilgan.

AQSH Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kemalardan haq undirish qarorini bekor qildi © Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan kemalardan yig‘im undirmaydigan bo‘ldi. Buning o‘rniga Fors ko‘rfazi davlatlari Vashington bilan savdo hamda investitsiya bitimlarini tuzadi. Bu haqda Donald Tramp o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

rasm

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari yetakchilari bilan «samarali muzokaralar» o‘tkazilgan va shundan so‘ng yig‘imlarni bekor qilish bo‘yicha qarorga kelingan.

AQSH prezidenti mazkur investitsiyalarning hajmi juda ulkan bo‘lishini, shu bilan birga, bu ularning kelajagi uchun favqulodda manfaatli ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Eron portlariga yo‘l olgan va u yerdan qaytayotgan, shuningdek, Eron yuklarini tashiyotgan kemalar uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozining to‘liq qamali o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.

Oldingi qaror va kema egalarining noroziligi

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni AQSH Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olishi va kemalarning xavfsiz o‘tishini ta’minlagani uchun tashilayotgan yuk qiymatining 20 foizi miqdorida haq undirishini e’lon qilgan edi.
Amerika prezidentining bu tashabbusiga yirik kema egalari keskin qarshi chiqdi.

Xususan, dunyodagi beshinchi yirik konteyner tashuvchisi hisoblangan Germaniyaning «Hapag-Lloyd» kompaniyasi Trampning yuklar qiymatidan 20 foiz ushlab qolish g‘oyasini «tubdan noto‘g‘ri» deb atagan edi.

Teglar

Mavzuga oid